Venetsiya biyennalesidagi O‘zbekiston paviloni NukusDPI tayanch doktoranti Allayar Darmenovning hikoyasi asosida tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Allayar Darmenov shu yilning 4-10-may kunlari oralig‘ida Italiyaning Venetsiya shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan xalqaro “La Biennale di Venezia” (Venetsiya biyennalesi) badiiy ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston ham bir necha yildan buyon muntazam ishtirok etib keladi. Bu yilgi O‘zbekiston paviloni “The Aural Sea” mavzusida ishlangan bo‘lib, unga Allayar Darmenovning “Labirint” hikoyasi asos qilib olingan.
Ma’lumot uchun, shoir 2015-yilda “Orol baliqlari” ertaklar turkumini e’lon qilgan va bu ko‘rgazma tashkilotchilarining e’tiborini tortib, ushbu ertaklar asosida 2026-yilda “Labirint” asari yaratilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
