NukusDPIda “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 3-iyun kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalaridan jamoalar ishtirok etdi.

Talaba-yoshlarning giyohvandlik, psixotrop hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga qarshi kurashish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini baholash, oliy ta’lim tashkilotlarida giyohvandlikning zararli oqibatlari to‘g‘risidagi tushunchalarni keng targ‘ib qilish, shuningdek, ijodiy faoliyat orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tanlovda ishtirokchilar insho yozish, rasm chizish, qisqa videoroliklar, sahna ko‘rinishi shartlari asosida o‘z iqtidorini namoyish etishga harakat qildi.

Tanlovning hududiy bosqichi yakunida:

1-o‘rin – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “G‘alaba” jamoasi;

2-o‘rin – Urganch davlat tibbiyot institutining “Pediastra” jamoasi;

3-o‘rin – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining “Yosh ma’naviyatchilar” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

NukusDPI matbuot xizmati.