Institutda magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi bo‘lib o‘tmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida magistratura bosqichi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Himoya jarayonlarida magistrantlar ikki yil davomida olib borgan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari oldida taqdimot qilib, o‘z tadqiqotlarining nazariy va amaliy ahamiyatini asoslab bermoqda.

Dissertatsiyalarni baholashda tadqiqot mavzusining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliyot bilan uzviy bog‘liqligi, muallifning mustaqil ilmiy izlanish olib borish salohiyati va ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Umumiy pedagogika kafedrasida himoya jarayonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida, oshkoralik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda.

– Himoya jarayoni magistrantlarning ilmiy salohiyati, kasbiy tayyorgarligi va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishning muhim bosqichi hisoblanadi, – deydi professor Ayjan Naurizbayeva.

Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida institutni jami 4422 nafar bitiruvchi, shundan magistratura bosqichini 225 nafar magistrant tamomlashi kutilmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.