Bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida “Inklyuziv ta’limning dolzarbligi va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda maxsus pedagogika: logopediya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari, shuningdek, inklyuziv sinflar tashkil etilgan umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
Tadbirda maktabgacha ta’lim va defektologiya kafedrasi mudiri J.Bekmanova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul mutaxassisi M.O‘mirzaqova so‘zga chiqib, bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar haqida muhim ma’lumotlar berdi.
