NukusDPI jamoasi va talaba-yoshlari milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaydi

Bugun, 18-iyun kuni soat 07:00 da futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatining birinchi turi doirasida Kolumbiya jamoasiga qarshi o‘yinga tushdi.
Poytaxtimiz Nukus shahri “Do‘stlik” kanali bo‘yidagi yoshlar maydonchasida katta monitorda ushbu o‘yin jonli efirda olib ko‘rsatildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi mas’ullari, vazirlik, idora, tashkilotlar xodimlari, ta’lim muassasalari jamoasi, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Milliy terma jamoamizning tarixiy o‘yinini Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlari ham shu joydan tomosha qilib, qo‘llab-quvvatladi.
Tajribali Kolumbiya futbolchilariga munosib qarshilik ko‘rsata olgan terma jamoamiz yuqori saviyada o‘yin olib bordi. Eng asosiysi, jahon chempionatida dastlabki golimizni kiritishga erishdik va buni 60-daqiqada Abbosbek Fayzullayev amalga oshirdi.
Institut jamoasi jamoamizni kelgusi tur o‘yinlarida ham yuqori darajada qo‘llab-quvvatlaydi va muvaffaqiyatlar tilaydi.
NukusDPI matbuot xizmati.
