NukusDPIning ikki talabasi “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovining g‘olibi bo‘ldi

Poytaxtimiz Nukus shahrida yoshlarning ilmiy va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev va Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi direktori Akbarxon Sobirxonov ishtirok etib, tanlov g‘oliblariga mukofotlarni topshirdi.
Quvonarlisi, g‘oliblar orasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabalari Shahzoda Abillayeva (“HydroSave” loyihasi bilan) va Umida Sharibayeva (“SmartThermoBox” loyihasi bilan) taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, mazkur tanlov yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning ilm-fan, texnologiya va innovatsiya yo‘nalishlaridagi yangi loyihalarini rag‘batlantirish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etildi.
Tanlov yakunida saralangan eng yaxshi ilmiy g‘oya mualliflarining mehnati munosib e’tirof etilib, loyihalarni rivojlantirish imkoniyati berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
