Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga magistrlik diplomlari topshirildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xorijiy va qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik, ilm-fan, ta’lim sohasini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda.

Xabaringiz bor, 2024-yilda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahridagi L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etilgan edi. Shu asosda magistraturaning qozoq tili va adabiyoti, biologiya, shuningdek, kimyo mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘sh diplomli dastur yo‘lga qo‘yildi.

Alohida ta’kidlash kerak, ushbu ezgu tashabbusning amalga oshishiga institutning qozoq, turkman tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Iristi Quttimuratova katta hissa qo‘shdi. Uning ilm-fan va ta’lim sohasi rivoji bilan birga xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashda ham alohida o‘rni bor.

Ostona shahrida mazkur qo‘shma ta’lim dasturi asosida tehsil olgan yoshlarga magistrlik diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Albatta, bu xalqaro aloqalarimizning amaliy natijasidir.

NukusDPI matbuot xizmati.