Respublika tanlovi g‘oliblari tantanali kutib olindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Nur” jamoasi respublika miqyosida o‘tkazilgan “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” ko‘rik-tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallab, 150 million so‘m miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritgani munosabati bilan institutda tantanali ravishda kutib olindi.

Tadbirda institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, talaba-yoshlar hamda jamoa a’zolari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar “Nur” jamoasining ushbu yutug‘i institut jamoasi uchun katta faxr ekanini ta’kidlab, yoshlarning giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi tashabbuslari yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganini qayd etdi.

Shuningdek, jamoa a’zolariga samimiy tabriklar yo‘llanib, kelgusidagi faoliyatlarida ularga yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Ko‘rik-tanlov uchun tayyorlangan videorolik ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

NukusDPI matbuot xizmati.