“Talaba FEST” doirasida “Talabalar tashabbuslari” uchrashuvi tashkil etildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Talaba FEST” festivali doirasida “Talabalar tashabbuslari” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, innovatsion loyihalar va talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi faolligini yanada oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.