Talabalar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari “Dolzarb 90 kun” doirasida Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar markaz faoliyati, yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, buyuk allomalarimizning ilm-fan va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, markazdagi zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob qo‘lyozmalar va tarixiy eksponatlar yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Mazkur tashrif talabalarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi, tarixiy merosimizni chuqurroq anglash hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.

“Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.