NukusDPI talabasi Kumisay Qizilbayeva faxriy yorliq va planshet bilan taqdirlandi

Nukus shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi, O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi Aktam Xaitovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Nukus shahri hokimi Abat Daniyarov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Ravshan Mamutov, Qonunchilik palatasi deputati Adhambek Ismailov, shuningdek, deputatlar, partiya faollari, “Yoshlar qanoti” a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 30-iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida belgilangan ustuvor vazifalar, yoshlarga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, ta’lim, tadbirkorlik, bandlik va iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Quvonarlisi, uchrashuvda ishtirok etgan faol yoshlar qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi, ko‘plab respublika tanlovlarining g‘olibi Kumisay Qizilbayeva ham ishtirok etib, o‘z takliflarini bildirdi va partiya tomonidan faxriy yorliq hamda planshet bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
