NukusDPI professori Turganbay Keruenov Ozarbayjonda o‘tkazilgan xalqaro kongressda ishtirok etib qaytdi

Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Birinchi Turkologik Qurultoyning 100 yilligi munosabati bilan taniqli fan va madaniyat arboblari, davlat va hukumat vakillari, turkiy tilli davlatlar bilan bog‘liq tegishli tashkilotlar rahbarlari, fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida “Turkiy dunyo haftaligi” tashkil etildi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti qozoq, turkman tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Turg‘anbay Keruenov haftalik doirasida Boku shahrida o‘tkazilgan “Birinchi Turkologik Qurultoy: yuz yillik ilmiy-madaniy meros” mavzusidagi xalqaro kongressda ishtirok etib qaytdi.
Haftalik doirasida xalqaro kongress bilan birga ilmiy anjumanlar, filmlar, spektakl va kitoblar taqdimotlari, ko‘rgazmalar, konsert dasturi va boshqa qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
