Tabiiy fanlar fakulteti
![]() |
Fakultet dekani: | Reymov Qarjawbay Dawletbaeviç |
| Tel: | +998913752979 | |
| Email: | nkspi_info@edu.uz | |
| Veb-sayt: | xim-bio.ndpi.uz |
Tálim yönalishlari
- 60530100-Kimyo
- 60510100-Biologiya
- 60530200-Geografiya
- 60530500-Fizika
- 60111300-Texnologik tálim
Fakultet kafedralari
Fakultet haqida
Fakultetning dastlabki poydevori öqituvçilar institutida 1943-yilning sentyabridan fizika-matematika kafedrasi tarkibida iş boşlagan. Tabiatşunoslik-geografiya bölimi asosida solinib, u keyinçalik 1948-yili fakultetga aylantirildi. Uşbu fakultetning birinçi dekani ximik katta öqituvçi A.Buleşov böldi. 1959-yili x.f.n. Pak Yakov fakultet dekani bölib tasdiqlandi. Bundan keyingi 1960-1965-yillar oraliğida fakultetga prof. S.Erejepov, 1967-1968-yillarda A.Tleubergenov, 1969-1986-yillarda dots. Q.Aytbaevlar dekan lavozimida işladi.
Mamlakatimiz mustahillikga erişgandan keyin Respublikada maktab öqituvçilarini tayyorlaşni takomillaştiriş maqsadida 1990-1991-öquv yilida Nukus davlat pedagogika institutining qayta tiklanişi bilan bu fakultet Tabiatşunoslik nomi bilan 1996-yili 5-sentyabrda qayta taşkillaştirildi va dekan lavozimida 1996-1998-yillari prof. B.Allamuratov, 1998-2002-yillari dots. Ş.Saparov, 2003-2010 yillari dots. Ş.Allamuratov, 2010-2021-yillari prof. A.Saparov, 2021 yilning mart oyidan boşlab dots. Q.Reymov boşçilik qilib kelmoqda.
Fakultetimizda kimyo, biologiya, fizika, geografiya, texnologik ta’lim sohalari böyiça fan öqituvçilarini tayyorlaydigan 60111300– Texnologik ta’lim, 60510100– Biologiya, 60530100 – Kimyo, 60530200–Geografiya, 60530500– Fizika, bakalavr ta’lim yönalişlari va 70530510 – Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (fizika va astronomiya), 70530203-Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (geografiya), 70111301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim), 70530104 – Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (kimyo), 70510105 – Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (biologiya) magistratura mutaxassisligi hamda Qozoğiston Respublikasi L.N.Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti bilan hamkorlikda 7M01512 – Kimyo mutaxassisligi va 7M01513 – Biologiya mutaxassisligi Ajiniyoz nomidagi NDPI 70530101 – Kimyo, 70510101 – Biologiya mutaxassisliklari asosida 1+1 magistratura qöşma ta’limi yölga qöyilgan.
Bitiruvçilarimiz respublikaning öquv va ta’lim-tarbiya muassasalariga kelişilgan özaro şartnomalar asosida işga töliq joylaşmoqda.
Talabalar kontingenti davlatimiz talabiga boğliq yildan-yilga köpaymoqda. Hozirgi kunda fakultetda 1199 talaba bakalavr ta’lim yönalişi böyiça bilim oladi. Ularga 15 mingga yaqin atamadagi 145 mingdan oşiq nusxadagi zaxiraga ega kutubxona, hozirgi zamon texnik uskunalari bilan ta’minlangan, internet bilan ta’minlangan elektron kutubxona va sinflar, kabinet va laboratoriyalar foydalanuvda bölib, talabalar bilimining çuqurlaşuviga asos böladi.
Faol talabalarga ilmiy darajasi oliy, katta tajribaga ega professor-öqituvçilar ustozlik etadi. Şu bilan birga fan a’loçisi va iqtidorli talabalar orasidan oxirgi 3 yil mobaynida talabalardan: 2 talaba A.Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, 2 talaba I.Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, 1 talaba Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi, 3 talaba Ajiniyoz nomidagi stipendiyasi sovrindorlari, 1 talaba I.Yusupov nomidagi stipendiyasi sovrindori bölişga erişdi.
Hozirgi kunda fakultetda “Kimyo”, “Biologiya”, “Geografiya”, “Fizika”, “Texnologik ta’lim” kafedralari bölib, ularda 11 fan doktori, professor, 13 fan nomzodi, dotsentlar, 40 PhD, dotsentlar, 35 katta öqituvçi va assistent öqituvçilar bölib, bakalavr va magistratura talabalariga dars ötadi, ilmiy-tadqiqot işlariga rahbarlik qiladi.
Bugungi kunda fakultet tarkibidagi Kimyo kafedrasida p.f.f.d. PhD, katta öqituvçi M.B.Artikov, Biologiya kafedrasiga b.f.f.d. PhD, dotsent A.S.Berdibayev, Geografiya kafedrasiga i.f.f.d PhD, dotsent U.K.Eşimbetov, Fizika kafedrasiga f/m.f.f.d., PhD S.K.Abdijaliev, Texnologik ta’lim kafedrasiga p.f.d DSc, N.T.Orinbetovlar boşçilik qilmoqda.
Fakultet kafedralari tarafidan Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq Tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy laboratoriyalari va Botanika boğida, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi qömitasi, Orolböyi xalqaro innovaciya markazi davlat muassasasi bilan birga işlaşiş şartnomalari tuzilgan bölib, bu talabalarning laboratoriya darslarini ötişda, mutaxassislik va pedagogik amaliyotlarni olib borişda katta yordam bermoqda.