Aniq fanlar fakulteti

Fakultet dekanı: Jiemuratov Rzamurat Esbergenovich
Tel.: +99897 355 5807
e-mail: rjiemuratov81@mail.ru
fakultet veb-sayti  
Qabıllaw waqtı

Dúyshembi-Shembi

Saat 10-00 den 16-00 ge shekem

Fakultet tarkibidagi kafedralar ro‘yxati:
Matematika o‘qitish metodikasi
Informatika o‘qitish metodikasi
Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi

Ta’lim yo‘nalishlari
5110100-Matematika o‘qitish metodikasi
5110700-Informatika  o‘qitish metodikasi
5110200 -Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi
60110600-Matematika va informatika

     Pedinstitut ochilgan 1934-1935-o‘quv yilida o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘limi negizida Fizika-matematika fakulteti shakllanib, uning 1-kursida 19 nafar talaba tahsil olgan. Fakultetda fizika-matematika fanlari kafedrasi bo‘lib, unga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent M.V.Sheglov rahbarlik qiladi. 1936-1937 o‘quv yilida O‘rta Osiyo davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tamomlagan O.Buleshov, Buxoro pedagogika institutini tamomlagan M.Galekeevlar ishga olinib, fakultet yosh mutaxassislar bilan to‘ldiriladi. 1937 yilda fakultetning 15 nafar bitiruvchisiga fizika va matematika o‘qituvchisi diplomi beriladi. 1948-1949-o‘quv yilida o‘quv soatlarining ko‘payishi bilan Fizika-matematika fanlari kafedrasi “Matematika” va “Fizika” kafedralariga bo‘linadi. Matematika kafedrasida professor o‘qituvchilardan O.Buleshov, M.Galikeev, J.Duysengaliyev, J.Penskiy, N.Zinovanlar, fizika kafedrasida esa professor P.F.Kromer, dotsentlardan A.Nurimbetov, A.Nurmanov, katta o‘qituvchi A.Junusovlar, so‘nggi yillarda dotsentlar A.Majitov, A.Aliyev, V.N.Kim, I.P.Yugaylar xizmat qiladi. So‘nggi yillarda fakultetga dotsentlardan K.Turdanov, M.Jalilov, K.Elg‘ondiyev, J.Seypullayev, A.Kamalov rahbarlik qilgan bo‘lsa, 2020 yildan boshlab hozirgi kunda dotsent R.Jiemuratov rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultet dekani R.Jiemuratov 2022 yilda Qozon federal universitetida va 2023 yilda Finlyandiyada ilmiy-pedagogik tashrif bilan bo‘lib, o‘z malakasini oshirdi.

     Bugungi kunda fakultetda 1000 dan ortiq talaba yoshlar ta’lim olib, har yili 300 dan ortiq talaba fakultetni bitirib, bakalavr diplomiga ega bo‘lmoqda.  Fakultet dekani dotsent R.Jiemuratov rahbarligida ta’lim, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda bir qancha yutuqlar qo‘lga kiritilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda fakultet tarkibida Matematika o‘qitish metodikasi, Informatika o‘qitish metodikasi va Fizika o‘qitish metodikasi kafedralari bor bo‘lib, jami 86 nafar professor-o‘qituvchi mavjud. Shundan, 8 nafar fan doktori, 35 nafar fan nomzodi va Phdlar yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.