AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Fizika-matematika

Fakultet dekani: Jiemuratov Rzamurat Esbergenovich
Tel.:  
e-mail: rjiemuratov81@mail.ru
fakultet veb-sayti: fizmat.ndpi.uz

1934-1935-o‘quv yili ochilgan o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘limi asosida 1935-yilning 1-sentabridan Fizika-matematika fakulteti shakllanib, uning 1-kursida 19 ta talaba o‘qidi.

1936-1937-o‘quv yili O‘rta Osiyo davlat universitetining Fizika-matematika fakultetini o‘qib tamomlagan O.Buleshov, Buxoro pedagogika institutini o‘qib tamomlahan M.Galikeevlar ishga qabul qilinib, fakultet yosh mutaxassislar bilan to‘liqtirildi. 1937-yili fakultetning 15 nafar bitiruvchisiga «Fizika va matematika» o’qituvchisi diplomi berildi.

1948-1949-o‘quv yili o‘quv soatlarining ko‘payishi bilan «Fizika-matematika fanlari» kafedrasi «Matematika» va «Fizika» kafedralariga ajratildi. «Matematika» kafedrasida professor o‘qituvchilardan O.Buleshov, M.Galikeev, J.Duysengaliev, J.Penskiy, N.Zinovanlar, «Fizika» kafedrasida esa P.F.Kromer, A.Nurimbetov, A.Majitov, A.Aliev, Q.Berdimuratov, A.Nurmanov, V.N.Kimlar xizmat qildilar.

1941-1945-yillarda nemets-fashist bosqinchilariga qarshi jangda Fizika-matematika fakulteti tarbiyalanuvchisi, 47-aviatsiya polkining uchuvchi-nazoratchisi, gvardiya katta leytenanti Plis Kolgeldievich Nurpeysov qaharmonlik ko‘rsatdi. Uch marotaba shuhrat ordenining kavaleri P.K.Nurpeysovga 1945-yil aprel oyida dushman tilida 100–harbiy vazifani bajarganligi uchun Sovetlar Ittifoqi qahramoni unvoni berildi.

Fakultetda 1959-yildan boshlab fizika, matematika, mehnat darslarini o‘qitadigan mutaxassis o‘qituvchilar tayyorlana boshladi. 1961-yili Respublikamizda umumiy texnik fanlarni o‘qitishning sifatini yaxshilash va xalq xo‘jaligining texnik bilimga ega kadrlarga muhtojligini qanoatlandirish maqsadida «Umumiy texnik fanlar» kafedrasi tashkillashtirildi. Bu kafedrani dastlab katta o‘qituvchi A.Nurimbetov, keyin Qoraqalpog‘istonga mehnati singan fan arbobi A.Nurmanov va dotsent J.Qaypnazarovlar boshqardi.

Fizika-matematika fakulteti bitiruvchilaridan rahbarlik o‘rinlarda xizmat ko‘rsatgan K.Abdirov, A.I.Balakin, A.A.Jurbin, U.Xojanazarov, A.Tajibaev, K.Yusupovlar tarbiyalanib chiqdilar. Ayirim bitiruvchilar fakultetda o‘qituvchi bo‘lib ishlab, ilmiy unvonlarga ega bo‘ldilar. Ulardan fizika-matematika fanlari doktori professor E.Jaksimov, professorlardan J.Kutlimuratov, A.Otarov, B.Abdikamalov, Sh.Kaniyazov va boshqalarni hurmat bilan atab o‘tish o‘rinli.

1990-yilning 1-sentabrida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining qayta ochilishi munosabati bilan, uning «Injener pedagogika» fakultetiga universitetning 1989-1990-o‘quv yilida qabul qilinnan «Mehnat va kasbga yo‘naltirish» mutaxassisligining 1-kurs kunduzgi bo‘limining 40 talabasi, sirtqi bo‘limning esa 50 talabasi o‘tkazildi. Fakultetga dekan qilib texnika fanlari nomzodi, dotsent Turmanov Imamatdin tayinlandi. Fakultet tarkibidagi «Umumiy matematika» kafedrasiga dotsent B.S.Axmetov, «Fizika va mehnatga o‘rgatish» kafedrasiga esa dotsent Q.Palvanov rahbarlik etib, xalq xo‘jaligini pedagogik mutaxassislar bilan ta‘minlashda katta yutuqlarga erishdi.

1996-yili mutaxassisliklarning ko‘payishi bilan fakultet tarkibidan «Matematika-informatika» fakulteti ajralib chiqdi. «Matematika-informatika» fakulteti dekani lavozimida 1996-2001-yillarda dotsent B.Axmedov, 2001-2002-yillarda f.-m.f.n. B.Jollibekov, 2002-2005-yillarda dotsent S.Tanirbergenovlar ishladi.

«Injener-pedagogika» fakulteti dekani lavozimida 1999-2001-yillar oralig‘ida dotsent K.Paluanov, 2001-2003-yillarda dotsent M.Arzuovlar ishladi. 2003-yili «Injener-pedagogika» fakulteti «Fizika-texnika» fakulteti bo‘lib o‘zgardi va unga avval dotsent B.Ibragimov, so‘ng f.-m.f.n. K.Turdanovlar rahbarlik qildilar.

2006-yili «Fizika-texnika» va «Matematika-informatika» fakultetlari birlashtirilib, «Fizika-matematika» fakulteti bo‘lib qayta tashkillashtirildi. «Fizika-matematika» fakulteti dekani lavozimida 2005-2009-yillarda f.-m.f.n. K.Turdanov, 2009-2010-yillarda f.-m.f.n. M.Jalelov, 2010-2014-yillarda f.-m.f.n. Q.Yelgondiyev, 2014-2015-yillarda f.-m.f.n. J.Seyfullaev, 2015-2017-yillarda f.-m.f.n. M.Jumamuratov, 2017-2019 yillarda f.-m.f.n. J.Allanazarovlar ishladilar.

Fakultetga 2020-yildan buyon f.-m.f.n., dotsent R.Jiemuratov rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda fakultetda «Fizika va astronomiya» va «Matematika va informatika» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi va kechki ta’limda kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultet pedagog hodimlari nomdor ilmiy-tadqiqot markazlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Matematika va informatsion texnologiyalar instituti, Yadro fizikasi instituti, Fizika-texnika instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Fakultet tarkibidagi kafedralar ro’yxati:
Matematika o’qitish metodikasi
Informatika o’qitish metodikasi
Fizika o`qitish metodikasi kafedrasi
Ta`lim yo’nalishlari
5110100-Matematika o’qitish metodikasi
5110700-Informatika o’qitish metodikasi
5110200 -Fizika va astronimiya o’qitish metodikasi
60110600-Matematika va informatika

Magistratura mutaxassisliklari
5A110701- Ta`limda axborot texnologiyalari
5A110101 – Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi (matematika)
5А110201 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110602-Taʼlimda axborot texnologiyalari