AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Ma`naviyat bo`limi

MA`NAVIY-MA`RIFIY VA IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH BO`LIMI Ma`naviy-ma`rifiy va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi institutda olib boriladigan ma`naviy-ma`rifiy ishlarga boshchilik qilish, bo`limga tegishli me`yoriy hujjatlarda belgilangan ko`rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo`limlar, jamoat ishlarida va kafedralarning ma`naviy-ma`rifiy tajribalarini umumlashtirish, adabiyotlar tayyorlash va ularni nashr qildirish, talabalarning ma`naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi. Umumiy qoidalar:  · Bo`lim institut rektorining buyrug`i asosida tuziladi;

  • Bo`limning ishchi guruhi institutning ushbu soha bo`yicha etakchi mutaxassislari, professor-o`qituvchilardan tarkib topadi; ·
  • Bo`lim ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor boshchiligida faoliyat olib boradi; ·
  • O`z faoliyatini yo`lga qo`yishda bo`lim fakul`tet dekanlari, bo`lim boshliqlari, kafedra va guruh rahbarlari bilan birgalikda ish olib boradi; ·
  • Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qoshidagi Ma`naviyat va ma`rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi, joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.
  • Bo`limning maqsadi:
  • Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ma`naviy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil salbiy illatlardan avaylab-asrash, ularni bu yo`llardan qaytarish, Mustaqil O`zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo`lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
  • Bo`limning vazifalari:
  • Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma`naviy-ma`rifiy ishlarga bog`liq chora-tadbirlarni o`tkazish;
  • Talabalarning ma`naviy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko`maklashish;
  • Institutda ma`naviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur me`yoriy hujjatlar va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazining shahar, tuman bo`limlari hamda mamlakatimizda xizmat ko`rsatib kelayotgan jamg`armalar, jamoa tashkilotlari bilan birgalikda ma`naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.
  • Bo`limning huquqlari:
  • Fakul`tetlardagi ma`naviy-ma`rifiy va axloqiy ishlarni nazorat qilish;
  • Ma`naviy-ma`rifiy ishlarga bog`liq vazirlik buyruqlari va ko`rsatmalarining fakul`tetlardagi bajarilishini tekshirish;
  • Fakul`tet dekanlarining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlarini saylash, hamda vazifalardan ozod qilishga bog`liq yig`ilishlarda doimiy ravishda o`z tavsiyalari bilan qatnashadi;
  • Ma`naviy-ma`rifiy va axloqiy masalalar bo`yicha fakul`tet dekanlari va kafedra mudirlariga ko`rsatmalar, tavsiyalar beradi;
  • Professor-o`qituvchilarning yillik o`quv yuklamalarida «Ma`naviy-ma`rifiy ishlari» sohasiga tegishli bandining to`liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
  • Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosarlari tomonidan olib borilgan ishlar bo`yicha har semestr yakunida bo`lim boshlig`iga hisobot beradi; Ma`naviy-ma`rifiy va iqtidorli talabalar bilan ishlashni shakllantirish, yaxshi namuna ko`rsatgan bo`lim, fakul`tet, kafedra jamoasini moddiy va ma`naviy rag`batlantirishga tavsiyalar beradi. Talaba-yoshlar orasida ma`naviy-axloqiy, estetik, siyosiy-huquqiy savodxonlik, olijanoblik fazilatlarini shakllantirishni yo`lga qo`yish;

Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib boriladigan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish;