AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Xo`jalik bo`limi

Texnik foydalanish va xo`jalik bo`limi boshlig`i:

Jaqsыmuratov Bekbergen Aymuratovich

+93 920-66-07

bek 1961@inbox .uz

Texnik foydalanish va xo`jalik bo`limining asosiy vazifalari va majburiyatlari ku yidagidan iborat:

  • Institutga qarashli barcha binolarni, ularda joylashgan texnika uskunalar va jihozlardan unumli foydalanishni tashkil etadi;
    Institutning barcha binolaridagi issiq va sovuq suv tizimlari, hamda isitish tizimidan to`g`ri foydalanishni ta`minlaydi;
  • Hisob ko`rsatkichini o`z vaqtida yozib borilishi ustidan nazorat o`rnatadi va suv xo`jaligi korxonalari bilan tegishli ishlarni olib boradi;
  • Joriy va kapital qurilish ishlarini smeta va loyiha tuzish institutlari bilan birgalikda ish yuritadi;
  • Institut smeta va loyiha hujjatlarini saqlaydi va ularga o`z vaqtida tegishli o`zgartirishlarni kiritib boradi;
  • Barcha o`quv va turar joy binolarining qavatlari va xonalarini jadval asosida nazoratdan o`tkazadi, jumladan, elektr tarmoqlari holati, issiq va sovuq suv, isitish tizimining sozligi, yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etish holati, shuningdek, tejamkorlikka rioya etilishi holatini tekshiradi;
  • Mehnat intizomiga rioya qiladi, rahbariyatning buyruq va farmoyishlarini bajaradi;
  • Oliy ma`lumotli, xushmuomala, talabchan va o`z ustida ishlaydigan bo`lishi shart;
  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq, ijro intizomiga, 1999 yil 29 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan hujjatlar bilan ishlash bo`yicha Yo`riqnoma, Institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, Rektor buyruqlari hamda ta`lim tizimiga va o`z kasbiga doir huquqiy-normativ hujjatlarda qo`yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o`zining xizmat vazifalariga rioya etadi.

Respublikamizda ta`lim tizimini rivojlantirishning ilg`or bosqichiga o`tish, oliy o`quv yurtlarida o`z oldiga iqtisodiy sohada natijalarini oshirib borish, yangi usullarni izlab topish, byudjetdan tashqari xarajatlarni topish imkoniyatlarini kengaytirish va ulardan oqilona foydalanish asosiy vazifalarning biri bo`lib hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprel`dagi «Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-2909-sonli Qarori ijrosining ta`minlanishi bois institut auditoriya fondini etarli darajaga keltirish va binolarning texnik holatini yaxshilash maqsadida Investitsiya Dasturi doirasida yangidan qurish lozim bo`lgan o`quv va yotoqxona binolari, institut xududida quriladigan yangi bino o`rinlari, institut ob`ektlarida amalga oshirilishi lozim bo`lgan qurilish ta`mirlash ishlar rejalashtirilmoqda.

Jumladan:
1. 2018 yili 2000 o`ringa mo`ljallangan yangi o`quv va bosh bino qurilishi.
2. 2019 yili yangi o`quv va bosh bino qurilishining davomi.
3. 2019 yili institutning 400 o`rinlik va 100 o`rinlik talabalar turar joyi binolari rekonstruktsiyasi.
4. 2020 yili 950 o`rinlik o`quv binosi rekonstruktsiyasi va mazkur binodagi xajmi 12×24 m bo`lgan sport zalini kapital ta`mirlash
5. 2021 yil 710 o`rinlik o`quv binosi rekonstruktsiyasi va mazkur binoda joylashgan xajmi 16×30 m bo`lgan sport zalga kapital ta`mirlash.

Mazkur Dastur doirasida institut auditoriya fondini etarli darajaga keltirish va institut binolarining texnik holatini yaxshilash maqsadida Investitsiya Dasturi doirasida yangidan qurilishi lozim bo`lgan o`quv va talabalar turar joyi binolari, institut xududida qurilishi rejalashtirilgan yangi bino o`rinlari, institut ob`ektlarida amalga oshirilishi lozim bo`lgan qurilish ta`mirlash ishlari hamda ularni mebel`, o`quv, laboratoriya uskunalari, komp`yuter texnikasi hamda boshqa inventarlar bilan ta`minlash bo`yicha loyihalar ishlab chiqilib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 noyabrdagi 1250-sonli farmoyishi va mazkur farmoyishning bayoni asosida Investitsiya dasturi rejasiga pudratchi tashkilotlar kiritildi.
Hozirgi vaqtda smeta loyiha hujjatlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.