AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

kafedra mudiri: Tajieva Aliya Utebayevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
telefon: +998913056788
e-mail: aliya_tazhieva@mail.ru
kafedra sayti: http://forlang.ndpi.uz

Kafedra quyidagi  yo‘alishlarda mutaxassislar tayyorlaydi: 

Bakalavriat:

60111800 –  Ingliz tili va adabiyoti

Magistratura:

70111801 – Ingliz tili va adabiyoti

 

Kafedra tarixi:

 

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dastlab 1950-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutida ochilgan. Shu davrdan buyon J.Allamuratov, A.P. Rogach, Modement, I.P.Chuxmina, J.Lebel, N..Andrianova, A.A.Qurbanazarov, J.R.Xasanova, K.X.Kamalov, M.N.Madriyakova, Virva, S.Y.Ismoilov, E.Bozorboev, B.Abdireimov, G.D.Melnik, A.V.Tuney, N.Yo‘ldoshov, R.Rzayeva singari ko‘plab olimlar va metodistlar yosh avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shdilar.

 

Bugungi kunda kafedrada 28dan ortiq mutaxassislar, shu jumladan, 3 nafar fan nomzodi, 1 nafar PhD, 3 nafar kata o‘qituvchi, 21 malakali assistent-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedradagi 28 nafar professor-o‘qituvchilardan 17 nafari ingliz tilini bilish darajasi “C” xalqaro sertifikatiga ega. Kafedra mudiri – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Aliya Tajieva.

 

Professor-o‘qituvchlar tarkibi:

Kafedra o‘qituvchilari O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, shuningdek, xorijiy mamlakatlar universitetlarining malaka oshirish kurslarida malaka oshirib kelmoqdalar. Jumladan, S.Saparov (2008. HIndiston); R.Dospanov (2008, AQSH); N.Jalgasov (2009. Germaniya); D.Mamyrbaeva, A.Tajieva, G.Kdirbaeva (2013. Buyuk Britaniya); G.Kenjebaeva, S. Saparov, N. Jalgasov, A. Sadullaeva (2019. Buyuk Britaniya).

 

Kafedrada turli sohalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, masalan, ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, turli til tizimlaridagi tillarning qiyosiy tadqiqi, pedagogika nazariyasi va boshqalar. 2 nafar o‘qituvchi (B.Arzieva, U.Xodjaniyazova) va 7 nafar mustaqil tadqiqotchilar (F.Allanazarova, A.Xudaybergenov, H.Davletmuratova, Z.Tursunmuratova, S.Saparov, V.Balkibayeva) doktoranturada tahsil olishmoqda.

 

Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra so‘nggi 5 yilda ilmiy jurnallarda 10 ta maqola, 2 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta uslubiy qo‘llanma chop etilgan.

Kafedra bo‘lajak ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlashga mas’uldir.

Kafedrada 775  bakalavriat talabalari va 101 nafar magistrantlar tahsil olishmoqda. Ular uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan: yorug‘ sinflar, zamonaviy kompyuter uskunalari, proektorlar, markerli va interaktiv doskalar; ingliz, rus, o‘zbek, qoraqalpoq tillaridagi ko‘plab ma’lumotnomalar jamlangan malaka oshirish markazi mavjud. Ma’ruzalar va seminarlar o‘qitishning innovatsion texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkaziladi.

 

Talabalarning yutuqlari:

Ingliz tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishidagi ko‘plab iqtidorli, tirishqoq talabalar orasida Prezident stipendiyasi,  (A.Kenjemuratova, 2004);

Alisher Navoiy nomidagi stipendiya (Z.Masharipova, 2004; Z.Kenjemuratova, 2007; S.Ibadullaeva 2008; G.Kenjhebaeva 2009; A.Bisenova 2010; N.Kalbaeva, N.Babadjanova 2011; A.Berdambetova 2013; N.Jumaniyazova 2016; A.Orazgalieva 2018; Z.Ganieva 2018),

Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi stipendiyalari (N.Madreimova, L.Jakipova, R.Rambergenov, R.Sodiqov),

I.Yusupov nomidagi stipendiya (N.Djumaniyazova 2015; A.Tadjetdinova 2016; D.Kdirbaeva 2020, Nursultan Nurniyazov 2021, Annasoltan Arazdurdieva  2021),

 Ajiniyoz stipendiyasi (A.Muhammedmedov 2018),

I.Karimov nomidagi stipendiya (M. Azatbayeva 2020)  sohiblari bor.

Chet tillari fakul’teti, ingliz tili va adabiyoti kafedrasi studenti, «Kelajak liderlari» klubi koordinatori Islam Dilmanovga «Mustaqillikning 30 yilligi” ko‘krak nishoni topshirildi

Kafedrada 3 ta to‘garak faoliyat ko‘rsatmoqda, xususan, O‘quvchilar o‘z mahoratini oshirishi va bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi mumkin bo‘lgan suhbat to‘garagi, o‘qish to‘garagi, ilmiy-tadqiqot to‘garagi. Kafedra talabalari xalqaro va respublika konferensiyalarida faol qatnashmoqdalar. 20dan ortiq talabalarning maqolalari ilmiy jurnallarda va to‘plamlarda nashr qilindi.

 

Grantlar va loyihalar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari turli xalqaro loyihalar tanlovlarida g‘olib bo‘lishgan va samarali ishtirok qilishmoqda. Ular orasida,

1) English Access Microscholarship dasturi (AQSH elchixonasi granti). Koordinator D.Mamirbaeva. 2016-2018; 2018-2020; 2020-2022- yillar

2) Satellite Access dasturi (AQSH elchixonasi granti). Koordinator K.Yakupova 2020-2022- yillar

3) Chet tili o‘qituvchilari uchun tajriba almashinuvi va ko‘ptillik, ko‘p madaniyatlilikka asoslanuvchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

Koordinator D.Mamirbaeva. Loyiha asosida AQSHning Vermont statidagi Xalqaro ta’lim maktabi va Nukus davlat pedagogika instituti o‘rtasida memorandum imzolandi.

 

Xalqaro hamkorlik:

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi akademik harakatchanlik, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatgan. 2020-yilda kafedraning 6 nafar talabasi bir semestr  O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida, 3 nafar talaba (Yevroosiyo milliy universitetida (Qozog‘iston) va 1 nafar magistratura talabasi Kuban davlat universiteti (Rossiya)da tahsil olishdi.

O‘zDJTU (L.T. Ahmedova) va YMU (G.I.Baygunisova, G. Gaurieva, A. Aldabergenova, A. Abdihalikova) professorlari talabalarimiz bilan mashg‘ulotlar olib borishmoqda va ularning tadqiqot ishlariga rahbarlik qilishmoqda. Kafedraning 2 nafar o‘qituvchisi (A.Tajieva va D.Mamirbaeva) Yevroosiyo milliy universitetining xalqaro ekspertlaridir.

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi har yili chet tillarini o‘qitish va o‘rganish bo‘yicha xalqaro konferensiyalarni tashkil etadi. Jumladan:

1) Chet tillarni o‘qitishda innovatsiyalar: muammolar va istiqbollar. (2019)

2) Chet tili darslarida STEM texnologiyalaridan foydalanish yondashuvlari (2020).

29-oktabr 2021 yili  Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Deniel Rozenblum Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Elchi Daniel Rozenblum institutda 2016-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ACCESS dasturi doirasida AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.  Uchrashuvda Nukus davlat instituti rektori B.Otemuratov, “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri A.Tаjieva, loyiha professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.