Qoraqalpoq tili kafedrasi

1991 yil Qoraqalpoq tili va adabiyoti fakul`teti tarkibida «Hozirgi qoraqalpoq tili» degan nom bilan «Qoraqalpoq tili» kafedrasi tashkillashtirilib, uni filologiya fanlari nomzodi A.Najimov 1997 yilgacha boshqardi. 1992 yilning 20 noyabridan boshlab «Fakul`tetlararo qoraqalpoq tili» kafedrasi ajralib, mazkur kafedraga filologiya fanlari doktori, professor O.D.Dospanov 1994 yilgacha rahbarlik qildi. Qoraqalpoq tili kafedrasi dastlab «Hozirgi qoraqalpoq tili», 1997 yildan boshlab «Qoraqalpoq tilshunosligi», 2016 yildan buyon «Qoraqalpoq tili» deb nomlanib, uni filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Bekbergenov (1997-1998 yil, noyabr`), prof.O.D.Dospanov (1998-2011 yil dekabr`), dotsent O.Sayimbetov (2011-2014 yillar), M.Qurbanov (2014-2015yillar), dotsent A.Pirniyazova (2015-2016 yillar) rahbarlik qildi. 2016 yilning dekabridan buyon filologiya fanlari doktori Ayimbetov Maqset Qallievich rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirda kafedrada jami 14 professor-o`qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 1 ta fan doktori, 9 ta fan nomzodi, 5 ta dotsent, 5 ta katta o`qituvchi, 4 assistent o`qituvchi faoliyat yuritadi. Kafedraning ilmiy salohiyati 71% ni tashkil qiladi. Qoraqalpoq tili kafedrasida 2017-2018 o`quv yilida 25 ta fan o`qitiladi va ularning o`quv uslubiy majmuasi tayyorlandi. 2017-2018 o`quv yilida 10200 soatni bajarish rejalashtirilgan. Kafedrada ilmiy maktab yaratilgan. Masalan kafedra professori O.Dospanovning ilmiy rahbarligida 9 ta nomzodlik ish bajarilgan bo`lsa, oxirgi 5 yillikda kafedrada ilmiy salohiyatni ko`tarish maqsadida bir nechta nomzodlik dissertatsiyalar himoya qilindi. Ulardan 2008 yili B.Qurbanbaeva «Qoraqalpoq tili janubiy dialektining so`z yasalish va morfologiyasi», A.Saburova «Qoraqalpoq tilida musiqa terminlari» (ilmiy rahbari professor O.Dospanov), 2009 yili N.Turabaeva «Qoraqalpoq tili leksikasining rivojida o`zbek tilining ta`siri» (ilmiy rahbari akademik H. Hamidov), 2010 yili S.Shinnazarova «Qoraqalpog`iston Qonliko`l hududidagi qoraqalpoqlarning nutqiy hususiyatlari» (ilmiy rahbari professor O.Dospanov), 2011 yili M.Qurbanov «Qoraqalpoq tilidagi geografik terminlarining leksik-grammatik hususiyatlari» (ilmiy rahbari dotsent O.Sayimbetov), 2012 yili A.Pirekeeva «Kenimex qoraqalpoqlari shevasi» (ilmiy rahbari professor O.Dospanov) mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Hozirgi kunda kafedrada 1 ta katta ilmiy xodim, 1 ta mustaqil izlanuvchi doktorlik dissertatsiyalari buyicha faoliyat yuritmoqda. R.Opaeva f.i.d, prof M.Qudaybergenov rahbarligida, M.Qayipnazarova f.i.d, prof YU.Ibragimov rahbarligida katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.