Qoraqalpoq adabiyoti
«Qoraqalpoq adabiyoti» kafedrasi – o`zining ushbu so`zma-so`z nomi bo`yicha faqatgina O`zbekiston Respublikasida emas, butun jahondaham betakror va shunaqa bo`lishi zarur kafedra hisoblanadi. Kafedra Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tashkil etilganda, daslabki ochilgan kafedralardan bo`lib, o`zining 83 yilligiga yoqin boy tarixga ega. Buning dastlabki tashkillashtiruvchisi Markaziy Osiyoda birinchi filologiya fanlari doktori bo`lgan taniqli adabiyotshunos N.Davqaraev, butun turkiy dunyoda obruga ega fol`klorshunos professor Q.Ayimbetovlar bo`ldi. So`nggi davrlarda ushbu kafedraning ilmiy-pedagogik salahiyotini orttirishda filologiya fanlari doktorlari, professorlar S.Axmetov, Q.Maqsetov, K.Mambetov, Q.Kamalov, А.Paxratdinov, Q.Sultanov, J.Narimbetovlar salmoqli hissa qo`shdilar. 1976 yili Pedagogika instituti bazasida Nukus davlat universiteti ochilgandan so`ng, «Qoraqalpoq adabiyoti» kafedrasi 1990 yilgacha ushbu universitet tarkibida bo`ldi. 1990 yili Nukus davlat pedagogika institutining qayta ochilishiga bog`liq filologiya fakul`tetining tarkibidan «Qoraqalpoq adabiyoti» kafedrasi tashkillashtirildi. Ushbu kafedrada f.f.d., professor Q.Kamalov rahbarlik qildi. «Qoraqalpoq adabiyoti» kafedrasini 1991-1998, 2004-2006 yillarda professor K.Allambergenov rahbarlik qilmoqda. 1999-2003 yillar ichida mazkur kafedra filologiya fanlari doktori, professor K.Kamalov va filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar M.Bekbergenova, I.Uteo`lievlar tomonidan boshqarildi. Ushbu yillarda olib borilgan eng dolzarb masala –kafedraning ilmiy darajali pedagog kadrlar bilan ta`minlash, yosh mutaxassislarni ilm-fanga jalb etish bo`lib, ushbu maqsadda kafedra filologiya fanlari doktorlari, professorlar A.Paxratdinov, S.Bahadirova, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar A.Qojiqbaev, M.Bekbergenovalar va assistent o`qituvchiar SH.Ayapov, S.Qazaqbaev, Q.Mambetov kabi yosh o`qituvchilar bilan to`liqtirildi. Natijada 1997-1998-o`quv yillarda kafedra 4 fan doktori, professorlarga, 2 fan nomzodi, dotsentlarga ega bo`ldi. Institut qoshidadan ochilgan aspiranturaga ham ilm-fanga iqtidorili, talantli yoshlar ko`plab jalb qilindi. Hozirgi kunda ularning ko`pchiligi (S.Qazaqbaev, E.Eshniyazova, I.Dilmanov, H.Jaqsimova, A.Utambetova) fan nomzodlari. Kafedradagi 2007-2012-yillar oraligida filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Davletov raxbarlik qildi. 2013 yilning fevral` oyidan filologiya fanlari doktori, professor, QR Berdaq nomidagi davlat mukofati laureati, O`zbekistoan Xalq ta`limi a`lochisi Kenesbay Allambergenov rahbarlik qilmoqda. Ken’esbay Allambergenov – taniqli olim, mahoratga ega tashkillashtiruvchi pedagog va talantli yozuvchi. U O`zbekiston va Qoraqalpog`iston YOzuvchilar uyushmasi a`zosi. Bir nechta o`nga yoqin namunaviy fan dasturlari va o`quv qo`llanmalarining, 4 darslik, 4 monografiya bilan 150 ga yoqin ilmiy maqolalarning muallifi. 1985 yili O`zRFA A.Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Ixtisoslashtirilgan Kengashida «Qaraqalpaq a’debiyatinda aytis» mavzusida nomzodlik, 1997 yil ushbu Ixtisoslashtirilgan Kengashda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1994 yili dotsent, 2010 yili professor ilmiy unvonlariga ega bo`lgan. Kaefdrada shu kabi tajribali ilmiy pedagog kadrlardan filologiya fanlari doktorlari, professorlar Q.Orazimbetov va A.Paxratdinovlar, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentler M.Bekbergenova, S.Qazaqbaev, B.Davletov, S.Bao`etdinovalar da faoliyat olib bormoqda. Mana, shunday qilib, dastiyorli an`anaga ega kafedra hozirgi kunda ham o`quv, ilmiy va ma`naviy-ma`rifiy sohalarda katta cho`qqilarni egallashni niyat qilib, rejali va ketma-ket tizimli ishlar olib bormoqda. Atab aytganda, kafedra professor-o`qituvchilari o`zlarining kasbiy faoliyatining eng boshli masala –qoraqalpoq adabiyoti bo`yicha ta`limni dunyoviy standartlar darajasiga etkazish, shunga mos namunaviy va ishchi o`quv rejalarini, dasturlarini tuzish, o`quv-metodik adabiyotlar yaratish, talabalarning bilim ko`nikmalarini o`zlashtirishda sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash, o`quv-uslubiy majmualarni yozish ishlari bo`yicha hozirgi davrdagi ilg`or innovatsion pedtexnologiya talablariga mos ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda kafedra tarkibida 5 professor-o`qituvchi asosiy shtatda, 1 professor-o`kituvchi 0,25 stavkada, jami 6,25 shtatda professor- o`qituvchilar ishlaydi. SHundan 2 fan doktori, professorlar, 3 fan nomzodi, dotsentlar, 1 fan nomzodi, katta o`qituvchi 2 ilmiy darajasiga ega emas katta o`qituvchi 0,5 stavkada ishlaydi. Kafedraning ilmiy darajaliligi 75 % ti tashkil etadi. Ushbu professor – o`qituvchilarning ichida 1 professor Qoraqalpog`istonga mehnati singan fan arbobi, 1 professor Berdaq nomidagi davlat mukofati laureati bo`lsa, 2 professor- o`qituvchi O`zbekiston xalq ta`limi a`lochisi. Kafedra professor- o`qituvchilari o`zlarining ushbu ilmiy daraja va unvonlariga mos ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar olib bormoqda. Masalan, ushbu sohalardagi so`nggi 5 yilda ishlangan ishlar bo`yicha aytadigan bo`lsak, prof.Q.Orazimbetovning «Ha’zirgi qaraqalpaq lirikasinda kishi janrlar evolyutsiyasi ha’m tipologiyasi», «Qosiq teoriyasi». prof. A.Paxratdinovning «Qaraqalpaq a’debiyatin oqitio` metodikasi», «Berdaq shayirdin’ kөrkemlik du’n`yasi», «Abbaz shayirdin’ kөrkemlik du’n`yasi», prof. K.Allambergenovning «Bu’lbilziban ulli shayir», «Bozatao`» ha’m tariyxiy shinliq», «Er Edige, «Edige» da’stani, Altin Orda ha’m Mao`erennaxr da’o`iri tariyxinin’ geypara ma’seleleri», «G`a’rezsizlik da’o`iri qaraqalpaq a’debiyati», «Ma’n’gi bulaq», «Ken’ du’n`yag`a qushaq ashqan jazio`shi», dots. M.Bekbergenovaning «Qaraqalpaq a’debiyatinda da’stu’r, miyrasliliq ha’m kөrkem ao`darmanin’ geypara ma’seleleri», «Ja’ha’n a’debiyati», «Аdebiyattanio` tiykarlari» va h.k. nomdagi darslik, o`quv qo`llanmalari, monografiyalari chop etildi. Bular ichida 2007 yili «Bilim» nashriyotidan kafedra a`zolari A.Paxratdinov, K.Allambergenov, M.Bekbergenovalar tomonidan Akademik litsey va kasb-ho`nar kolleji o`qituvchilari uchun «XX a’sir qaraqalpaq a’debiyati» darsligining (15 b.t.) chiqishi alohida voqea bo`ldi. 2009 yili ushbu mualliflar tomonidan yozib bitkazilgan Oliy o`quv o`rinlari uchun 40 b.t. hajmda «XX a’sir qaraqalpaq a’debiyati tariyxi» darsligiga OO`MTMning nashrdan chiqarish bo`yicha 091-sonli guvohnomasi berildi va 2011 yili «Qaraqalpaqstan» nashrieti tomonidan chop etildi. Hozirgi kunda kafedra professorlari Q.Orazimbetov, A.Paxratdinov, K.Allambergenov va dotsent M.Bekbergenova muallifligida 40 b.t. xajmda «XX a’sir qaraqalpaq a’debiyati tariyxi» darsligi narda chop ettirish oldida tur. Ushbu darslikga O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliginin 2017 yil 24-avgustdagi 63-sonli buyrug`iga asoslanib O`zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan chop ettirish uchun 603-035 sonli litsenziya ruxsatnama sertifikat guvohnama berilgan. Bir so`z bilan aytganda, bularning barchasi kafedraning kelajak istiqbolini ko`rsatuvchi bugungi kundagi sutinlari hisoblanadi. Bu masalada kafedraning kelajagidan ham katta umid kutsa bo`ladi. Kafedrada kelajak ilimiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo`yicha ahamiyatli vazifalar belgilanib qo`yilgan. Atab aytsak, kafedrada M.Esebaev, P.Dabilov, Q.Ma’mbetov, Z.Ktaybekova, G.Allambergenova, T.Tortkulbaeva kabi yosh olimlar doktorantura va tayanch doktoranturalarda ta`lim olmoqda. Bu yosh olimlar etakchi olimlar rahbarligida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28-dekabrdagi №365 sonli «Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarni attestatsiyadan o`tkazish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari» haqidagi qarorning birinchi banti bilan tasdiqlangan «Oliy o`quv o`rnidan keyingi Ta`lim haqidagi Nizom» va 2017 yildagi ushbu Nizomga ishlangan dissertatsiyalarni himoya qilish bo`yicha yangi o`zgarishlarga aloqadar ( PhD) va ( DsD )doktorlik dissertatsiya ishlari mavzulari ustida ilmiy ishlar olib barmoqda. Kafedrada bugungi kunda ma`naviy-ma`rifiy sohalar bo`yicha ham ko`pgina ishlar ishlanmoqda. Masalan, 2017 yil dekabr oyida qoraqalpoq xalqining klassik shoiri Berdaq Qarg`abay ug`lining 190 yillik yubileyi munosabati bilan, 2014 yili Ajiniyoz Qosiboy ug`lining 190 yilligi, O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq yozuvchisi T.Qayipbergenovning 85 yilligi, O`zbekiston qahramoni, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq shoiri I.YUsupovning 85 yilligi, adabiyotchi olimlar f.f.n., professor J.Narimbetovning 80 yilligi, qoraqalpoq xalqining sevimli yozuvchi-shoirlari A.Shamuratovning 105 yilligi, U.Pirjanovning 80 yilligi yubileylari munosabati bilan, G.Matyakupova, Sh. Usnatdinov, K.Allambergenov, S.Ibragimovlarning yangi asarlari prezentatsiyasiga bag`ishlangan adabiy tadbirlar, ilmiy-nazariy konferentsiyalar prezentatsiyalar tashkillashtirildi. Umuman, kafedra professor-o`qituvchilari gap boshida aytilgan atamaga oid kafedrani gullandirish uchun barcha kuch-jigarini, ilm-intasi va pedagogik mahoratiniayanmay xizmat qila beradi. Bu ishlar ularning kasbiy minnati bo`libgina qo`ymasdan, Vatan oldidagi qarz va farzi hisoblanadi.