O`zbek adabiyoti kafedrasi
![]() |
Kafedra mudiri: | Bekchanova S.B. |
Tel.: | (+998-61) 229-38-57 | |
e-mail: | sayyara.bekchanova@mail.ru |
O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi Nukus davlat pedagogika institutida 1970-yilda ochildi. 1976-yilning sentabr oyida Filologiya fakulteti tarkibida O‘zbek tili kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga M.Bo‘ronov mudir etib tayinlandi. Bu davrda kafedrada o‘qituvchilar: Y.Ibragimov, K.Hayitmetov, A.Pirnazarov, Y.Masharipov va laborant G.Yuldashevalar faoliyat ko‘rsatdilar. O‘z faoliyati davomida quyidagi professor-o‘qituvchilar o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishiga yetakchilik qiluvchi kafedraga rahbarlik qildilar:
- – 1981-1985-yillarda K.Quramboyev;
- – 1986-1990-yillarda B.Qurbonboyev;
- – 1990-1992-yillarda M.Bo‘ronov;
- – 1992-1993-yillarda Y.Ibragimov;
- – 1993-2005-yillarda K.Tashanov;
- – 2005-2007-yillarda A.Madaminov;
- – 2007-2008-yillarda S.Matyakupov;
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 2008-yil oktabrdan boshlab O‘zbek tilshunosligi hamda O‘zbek adabiyoti nomlari bilan ikki alohida kafedralarga ajratildi va O‘zbek adabiyoti kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi S.Matyakupov mudir qilib tayinlandi. Shundan buyon quyidagi ustoz-murabbiylar kafedra mudiri sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdilar:
- – 2008-2012-yillarda S.Matyakupov;
- – 2012-2013-yillarda K.Tashanov;
- – 2013-2016-yillarda S.Matyakupov;
- – 2016-2018-yillarda K.Quramboyev;
- – 2018-2022-yillarda S.Matyakupov;
- – 2022-yildan hozirgacha S.Bekchanova.
O‘zbek adabiyoti kafedrasi 60111400 – o‘zbek tili va adabiyoti hamda 60111600 – o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili bakalavr ta’lim yo‘nalishlari hamda 70110701 – o‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassislarini tayyorlaydi. Hozirgi vaqtda kafedrada asosiy shtatda 8 nafar professor o‘qituvchi: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Matyakupov Sa’dulla Gaipovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsentlar: Bekchanova Sayyora Bazarbayevna, Allambergenova Nodira Gulmurzayevna, Allambergenov Hamza Kamalovich, assistent-o‘qituvchilar: Ergashev Maqsud Usan o‘g‘li, Azilova Zuhra Gulmon qizi, Raximbayeva Yulduz Shavkatovna, stajyor o‘qituvchilar: Abdullayev Xotamjon Xamroyevich va fan kabineti mudiri Madrimova Yorqinoy Jumamurod qizi ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada pedagog-xodimlar malakasini xorijiy ta’lim muassasalarida ham uzluksiz oshirib borish tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, dotsent, f.f.n. S.Matyakupov 2023-yil 13-apreldan 10-mayga qadar Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetida, dotsent, filologiya fanlari boyicha falsafa doktori H.Allambergenov 2024-yil 8-yanvardan 21-yanvarga qadar Qozog‘iston Respublikasi Gumilyov nomidagi Milliy universitetda malakalarini oshirgan.
Ilmiy tadqiqot ishlari
O‘zbek adabiyoti kafedrasida hozirgi kunda “Turkiy xalqlar adabiyotining dolzarb masalalari: adabiyot nazariyasi, adabiy jarayon, folklorshunoslik, adabiy aloqalar, tarjimashunoslik va metodikani tadqiq etishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘nlab monografiyalar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar nashrdan chiqarildi, yuzlab maqolalar e’lon qilindi.
Xususan, so‘nggi yilliarda kafedra a’zolari tomonidan quyidagi o‘quv adabiyotlari nashr etildi:
- – Matyakupov S, S.Bekchanova, N.Allambergenova. Folklor amaliyotini tashkil etish (uslubiy ko‘rsatma, hammualliflikda) 2018, Nukus DPI nashriyoti;
- – Allambergenova N. Umumta’lim maktablarida xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatish. Nukus DPI nashriyoti, 2018;
- – Matyakupov S. O‘zbek adabiyoti tarixi fanidan kurs ishi mavzulari va uni bajarish bo‘yicha tavsiyalar (uslubiy ko‘rsatma) Nukus DPI nashriyoti, 2018;
- – Bekchanova S., Allambergenova N. Umumta’lim maktablarida xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatish. Nukus DPI nashriyoti, 2018;
- – Matyakupov S. Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari (she’riyat va hikoyachilik) (o‘quv qo‘llanma) – Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2020;
- – Allambergenov H. Turkiy yozma yodgorliklar va folklor (qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar asosida) (monografiya). – Toshkent: “Tafakkur qanoti” nashriyoti, 2020.
- – Bekchanova S. Ўзбек ва қорақалпоқ фолклорида нақл жанри (монография). – Тошкент: Yosh avlod matbaa, 2021.
- – Bekchanova S. Адабиёт дарсларида матнни шарҳлаб ўқиш (ўқув-услубий қўлланма). – Тошкент: Yosh avlod matbaa, 2021.
- – Allambergenov H. G‘ayritabiiy timsollar – badiiy tafakkur mahsuli (monografiya). – Toshkent: “Yosh avlod matbaa” nashriyoti, 2022.
- – Tashanov K., Matyakupov S., Bekchanova S., Allambergenova N., Allambergenov H. Adabiy o‘qish (10-sinf O‘zbek tili darsligi asosida). Oʻzbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida 10.03.2022-yil roʻyxatdan oʻtkazilgan. (Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi: № DGU 14919).
- – Tashanov K., Matyakupov S., Bekchanova S., Allambergenova N., Allambergenov H. Adabiy o‘qish (11-sinf O‘zbek tili darsligi asosida). Oʻzbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida 10.03.2022-yil roʻyxatdan oʻtkazilgan. (Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi: № DGU 14918).
- – Allambergenov H., Shamsiyev D. Navoiy me’rojnomalari (monografiya). – Toshkent: “Firdavs-Shoh” nashriyoti, 2023.
- – Allambergenov H., Shamsiyev D. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodini o‘rgatish (uslubiy qo‘llanma). – Toshkent: “Poytaxt Exslusive” nashriyoti, 2023.
- – Allambergenov H. Adabiy ta’limda o‘zbek xalq ertaklarini o‘rgatish (uslubiy qo‘llanma). – Toshkent: “Firdavs-Shoh” nashriyoti, 2024. 60 b.
So‘nggi yillarda kafedrada ilmiy darajalilik muntazam ravishda oshib bormoqda. Xususan, 2018-yilda 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida Feruza Sapayeva “Мaxtumquli she’rlari o‘zbekcha tarjimalarining qiyosiy tahlili”, 2019-yilda 10.00.08 – Folklorshunoslik ixtisosligida Hamza Allambergenov “Qadimgi turkiy adabiyotda g‘ayritabiiy timsollar taraqqiyoti”, Sayyora Bekchanova “O‘zbek va qoraqalpoq folklorida naql janri (genezisi, tipologiyasi va poetikasi)”, Nodira Allambergenova “Alpomish” dostonining o‘zbek va qoraqalpoq versiyalari qiyosiy tipologiyasi” mavzularida dissertatsiya ishlarini himoya qilgan.
2024-yilning o‘zida esa Nodira Allambergenova va Hamza Allambergenovlar dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldilar. Matyakupov Sadulla Gaipovich 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi ixtisosligida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun „Hozirgi o‘zbek she’riyatida dialog va uning funksiyasi“ mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Kafedraning ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.
Kafedra pedagog xodimlaridan 3 nafari so‘nggi yillarda mazkur institutning magistratura bosqichini tugatib ishga qabul qilingan yosh mutaxassislar hisoblanadi. Azilova Zuhra Gulmon qizining 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida “Alisher Navoiy asarlarining qoraqalpoq tiliga tarjimalari”, Ergashev Maqsud Usan o‘g‘lining 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligida “Isajon Sulton romanlarida sujet, motiv va uslub” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzulari 2023-yilda tasdiqlangan. 2024-yilda magistratura mutaxassisligini a’lo baholarga tugatib, kafedraga ishga qabul qilingan Abdullayev Xotamjon Xamroyevich hozirgi kunda 10.00.08 – Folklorshunoslik ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Respublika va xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy konferensiyalar
O‘zbek adabiyoti kafedrasi yetakchiligida har yili respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish an’anaga aylangan. Jumladan, so‘nggi yillarda:
- – 2021-yil 18-oktabr „Turkiy filologiyaning dolzarb masalalari, nazariya va innovatsion ta’lim texnologiyalari“ mavzusida xalqaro konferensiya;
- – 2022-yil 12-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Mengliboy Bo‘ranovning 90 yilligiga bag‘ishlab „Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari“ mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
- – 2022-yil 10-noyabr kuni K.Quramboyev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan „Turkiy xalqlar filologiyasida fundamental tadqiqotlar va innovatsion ta’lim texnologiyalari“ mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.
- – 2023-yil 28-mart kuni E.Xo‘janiyozov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan „Turkiy xalqlar filologiyasining dolzarb masalalari: nazariya va innovatsion ta’lim texnologiyalari“ mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
- – 2024-yil 15-mart kuni „O‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligi taraqqiyoti, xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
- 2025-yilning 5-oktabr kuni „Turkiy xalqlar adabiyoti tadqiqida innovatsion yondashuvlar“ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni tashkil etish uchun tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Konferensiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘iga asosan 2025-yilda xalqaro miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatiga (6-raqam) kiritilgan.
Kafedra iqtidorli talabalari
O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari bir necha yillardan buyon Respublika fan olimpiadalari va turli xil tanlovlarda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Kafedra mutaxassis kadrlash tayyorlash va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Xususan, so‘nggi yillarda kafedra iqtidorli talabalaridan 5 nafari institutda ta’sis etilgan Ibrayim Yusupov hamda Ajiniyoz nomidagi; 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lishga muyassar bo‘ldi.
Bundan tashqari, iqtidorli talabalarning badiiy ijod namunalaridan iborat 5 ta she’riy to‘plam nashr etilgan.
Kafedra a’zolarining https://www.youtube.com/channel/UCutnleDqLJyzOYtLlCxRVoA/videos youtube.com kanalida o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish bo‘yicha joylashtirayotgan videodarslari talabalar, fan o‘qituvchilari va respublikamiz va chet ellardagi o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganuvchilar uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi.
Ardoqli ustozlar xotirasi
Kafedrada zamonaviy texnologik ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tarbiyalashda, hujjatlar bilan ishlashishda o‘rnak bo‘la olgan ustozlar ham so‘nggi yillarda ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordilar.
Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Turkmaniston Respublikasining “Maxtumquli Firogʻiy” xalqaro davlat mukofoti, Oʻzbekiston Respublikasining “Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni sohibi, adabiy aloqalar va xalqlar doʻstligi fidoyisi, professor, filologiya fanlari doktori Karimboy Quramboyev, asosan, adabiyotshunoslikning dolzarb sohalaridan biri – milliy adabiyotlarning oʻzaro aloqalari va ijodiy ta’siri masalasi bilan faol shugʻullanib kelgan. Olim koʻproq, oʻzbek adabiyotining Markaziy Osiyo adabiyotlari bilan adabiy aloqalari boʻyicha tadqiqotlar olib bordi. U adabiyotshunoslik fanining bu dolzarb sohasi bilan faol shugʻullanib, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston Respublikalari ilmiy jurnallarida 300 dan ortiq maqolalar va bir qancha monografiyalar e’lon qildi. Xususan, “Xidir Deryaev” (– Toshkent, 1977), “Oʻzbek-turkman adabiy aloqalari” (– Toshkent, 1978), “Maxtumquli she’riyati Oʻzbekistonda” (– Toshkent, 1984), “Adabiy ta’sirdan ijodiy oʻziga xoslikka” (– Nukus, 2007), “Tarjima va tarjimon mas’uliyati” (– Toshkent, 2007), “Adabiy jarayon, ijod mas’uliyati, adabiy aloqalar” (– Toshkent, 2009), “Maxtumquli – ilxom chashmasi” (– Toshkent, 2012), “Gul bor Guliston ichinda” (G.Quramboyeva bilan hammualliflikda. – Toshkent, 2016), “Navoiyning ijod boʻstonidan ilhomlanib…” (– Toshkent, 2021) kabi monografiyalari “Fan”, “Oʻzbekiston”, “Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at”, “Tafakkur”, “Choʻlpon” nomidagi nufuzli nashriyotlarida bosmadan chiqdi. Uning qoraqalpoq va rus tillaridagi “Hamza hám qaraqalpaq ádebiy ortalıǵı” (Nókis, 1989), “Kewil kewilden suw isher” (Nókis, 1991), “Взаимное обогощение литератур” (Нукус, 1993) kabi kitoblari “Qaraqalpaqstan”, “Bilim” nashriyotlarida chop etilgan. Uning qoraqalpoq, oʻzbek, turkman, rus tillarida nashr qilingan kitoblariga Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston gazeta-jurnallarida shu respublikalarning taniqli olimlari tomonidan yuzga yaqin taqrizlar, maqolalar nashr etildi va ularda muallifning ilmiy tadqiqotlari uch xalq adabiyotshunosligiga qoʻshilgan munosib hissa sifatida baholandi. Professor K.Quramboyev oʻz ona tilidan tashqari qoraqalpoq va turkman tillarini ham bilar, shu tillarda ham ijod qilar edi. Olim turkman mumtoz va zamonaviy adabiyoti, ayniqsa, Maxtumquli ijodi boʻyicha adabiy aloqalar aspektida turkman tilida fundamental ilmiy ishlar yaratdi. Uning ushbu masalalarga bagʻishlangan maqolalari Turkmanistonning markaziy gazeta va ilmiy jurnallarida nashr etildi. 2013-yilda Ashxobotda olimning “Magtymguly Garagalpagystanda” monografiyasi turkman tilida nashr etildi. Taniqli olim Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shuningdek, “Ilim hám jámiyet”, “Sániyat”, “Tamaddun nuri” jurnallari tahrir hay’ati a’zosi sifatida koʻp yillar samarali mehnat qildi. K.Quramboyev “Oʻzbekiston Respublikasi “Faxriy yorligʻi” (1994), “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi” (1999) faxriy unvoni, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi” (2001), “Oʻzbekiston xalq ta’limi a’lochisi” (2009), “Qoraqalpogʻiston xalq ta’limi a’lochisi” (2012) koʻkrak nishonlari, Turkmaniston Respublikasining “Maxtumquli Firogʻiy” Xalqaro davlat mukofoti (2014), “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi” esdalik nishoni (2017), “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2021) bilan taqdirlangan.
Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tashanov Kamil Yuldashevich milliy adabiyot, tarjimashunoslik masalalari bilan faol shug‘ullanib keldi. Ilmiy pedagogik faoliyati mobaynida ilmiy jurnallarda ko‘plab maqola va tezislar, monografiyalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar e’lon qildi. Xususan, ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 3-sinfi uchun “O‘zbek tili” darsligi (I.Primjarova bilan hammualliflikda. – Nukus: Bilim, 2000, 2005, 2008,), “Adabiy meros va milliy tafakkur” (I.Yoqubov bilan hammualliflikda. – Toshkent, 2001), “O‘zbek adabiyoti tarixi fanidan seminar mashg‘ulotlari” (S.Matyakupov, H.Allambergenovlar bilan hammualliflikda. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2015), “Milliy xarakter va badiiy tarjima” (– Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2015), “Moderncha talqin shukuhi (A.Allambergenov bilan hammualliflikda. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2015)”, “Sulaymon Boqirg‘oniy. Hayoti va ijodiy merosi” (– Nukus DPI bosmaxonasi, 2020), “Ogahiy hayoti va ijodini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” (– Nukus DPI bosmaxonasi, 2020) kabi kitoblari alohida e’tiborga molik. Olimning tashabbusi bilan 2023-yilda Nukus davlat pedagogika institutida “Science time” elektron onlayn jurnali ta’sis etilgan.