AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O`zbek adabiyoti

Kafedra mudiri : f.f.n., dotsent S.G.Matyakupov
tel.: +998(61)229-40-69  
  e-mail: filologiy@ndpi.uz
veb sat: filfak-ndpi.uz

 

Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari

  • 5111200-o‘zbek tili va adabiyoti
  • 5112400-o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili

Magistratura mutaxassisligi

  • 5A111201- o‘zbek tili va adabiyoti

 

2021-2022-o‘quv yilidan boshlab:

  • 60111400 – o‘zbek tili va adabiyoti
  • 60111600 – o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
  • 70111401 – o‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi

 

Kafedra a’zolaridan:

fan doktori professor – 1,

fan nomzodi dotsent – 2, 

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent – 3,

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) – 2,

assistent-o‘qituvchi – 2.

Kafedraning ilmiy salohiyati 80 foizni tashkil etadi.

 O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari bir necha yillardan buyon Respublika fan olimpiadalari va turli xil tanlovlarda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Kafedra mutaxassis kadrlash tayyorlash va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Xususan, so‘nggi yillarda kafedra iqtidorli talabalaridan 5 nafari institutda ta’sis etilgan Ibrayim Yusupov hamda Ajiniyoz nomidagi; 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lishga muyassar bo‘ldi.

Bundan tashqari iqtidorli talabalarning badiiy ijod namunlaridan iborat 5 ta she’riy to‘plamlar nashr etildi.

Bugungi kungacha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘nlab monografiyalar va o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashrdan chiqarildi, yuzlab maqolalar e’lon qilindi.

Xususan, so‘nggi yilliarda kafedra a’zolari tomonidan quyidagi o‘quv adabiyotlari nashr etildi:  

– S.Matyakupov, S.Bekchanova, N.Allambergenova. Folklor amaliyotini tashkil etish (uslubiy ko‘rsatma, hammualliflikda) 2018, Nukus DPI nashriyoti;

– S.Matyakupov. O‘zbek adabiyoti tarixi fanidan kurs ishi mavzulari va uni bajarish bo‘yicha tavsiyalar (uslubiy ko‘rsatma)  Nukus DPI nashriyoti, 2018;

– S.Bekchanova, N.Allambergenova. Umumta’lim maktablarida xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatish. Nukus DPI  nashriyoti, 2018;

– S.Matyakupov. Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari (she’riyat va hikoyachilik) (o‘quv qo‘llanma) Toshkent, “Tafakkur bo‘stoni” 2020;

– F.Sapaeva. Maxtimquli asarlari tarjimalarining qiyosiy tahlili (monogrvfiya) Toshkent, “Tafakkur bo‘stoni”, 2020;

– F.Sapaeva. Matnshunoslik fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini tashkil etish (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent, “Tafakkur bo‘stoni”, 2020;

– F.Sapaeva. Hozirgi adabiy jarayon (o‘quv qo‘llanma) “Tafakkur bo‘stoni”, 2020;

– K.Quramboev. Navoiyning ijod bo‘stonidan ilhomlanib  (monografiya) Toshkent “O‘zbekiston”, 2021.

Kafedrada 2015-2020-yilgacha kafedrada “O‘zbek va turkiy xalqlar adabiyotining o‘zaro aloqasi, taraqqiyot tendensiyalari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishi doirasida ish olib borildi. Mazkur mavzusi doirasida fanlararo bog‘liqlik, shuningdek, tarjimashunoslik, folklorshunoslik sohalari bo‘yicha monografiya, o‘quv adabiyotlari yaratildi. Bundan tashqari, kafedra a’zolarining dissertatsiya mavzulari, magistrlik dissertatsiyalari, bitiruv malakaviy ishlari mavzulari ham kafedraning umumiy mavzusi doirasida belgilandi.

2021-yildan boshlab kafedrada “Turkiy xalqlar adabiyotining dolzarb masalalari: adabiyot nazariyasi, adabiy jarayon, folklorshunoslik, adabiy aloqalar, tarjimashunoslik va metodikani tadqiq etishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmoqda. 

Kafedra https://www.youtube.com/channel/UCutnleDqLJyzOYtLlCxRVoA/videos youtube.com kanalida o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish bo‘yicha joylashtirayotgan videodarslari talabalar, fan o‘qituvchilari va respublikamiz va chet ellardagi o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganuvchilar  uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi.

Kafedrada Turkiya Respublikasi Ankara hamda Istanbul universitetlari tuzilgan memorandumlar asosida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Shuningdek, turkiy tilli davlatlarning nufuzlii oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda muntazam ravishda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etib kelinadi. 

02.02.2022