Boshlang`ich ta`lim kafedrasi
![]() |
Kafedra mudiri: | Z.Kurbaniyazova |
| [icon name=»envelope-o» class=»» unprefixed_class=»»] e-mail: | z3482740@umail.uz | |
| [icon name=»phone» class=»» unprefixed_class=»»] tel.: | (+998) 90-652-22-77 | |
| [icon name=»globe» class=»» unprefixed_class=»»] kafedra saytı: |
Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi haqida:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi haqida:
1-kurs 60110400 – «Boshlang‘ich ta’lim»
2-3-4-kurs 60110500 – «Boshlang‘ich ta’lim» Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qoraqalpoq, o‘zbek, rus, qozoq va turkman tillarida ta’lim olib borilmoqda.
Magistratura mutaxassisligi haqida:
1-kurs 70110401 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
2-kurs 70110501 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
Mutaxassisliklarda o‘qish qoraqalpoq, o‘zbek tillarida olib borılmoqda va boshlang‘ich ta’lim tizimiga ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Professor-o‘qıtuvchilar haqida:
Shuningdek, bugungi kunda kafedrada 23 professor-o‘qituvchi bo‘lib, 1 pedagogika fanlari doktorı (DSc) professor, 6 pedagogika fanlari nomzodi va pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) dotsent, 2 katta o‘qituvchi, 10 assistent o‘qituvchi va 4 stajyor o‘qituvchi talabalar bilan magistrantlar orasida ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish bilan bir qatorda ko‘plab o‘quv-metodik ta’minotini mustahkamlash bo‘yicha ish olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagı O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari haqida»gi PQ-5117-son qaroriga muvofiq kafedrada 2 professor- o‘qituvchi xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha B2 va B1 sertifikatiga ega.
«BOSHLANG‘ICH TA’LIM» KAFEDRASI TARIXI
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
| J.A.Urumbaev | Q.Qosnazarov | A.Najimov | J.Kayırbaev | M.K.Ayimbetov | S.Shinnazarova |
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dastlab 1966-yili tashkil etilib, unga professor J.Orınbaev, A.Najimov, J.Qayirbaev, song Q.Qosnazarovlar rahbarlik qilgan. Kafedra dastlab «Baslawısh tálim metodikası» kafedrasi sifatida shakllantirilib, 1990-yili yangidan tashkil etilgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining ochilishi bilan birga tashkil etildi. 1998-yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish kommissiyasi boshqarmasining inspektori Sh.Rayxanovning taklifi bilan bu kafedraning nomi «Baslawısh tálim teoriyası hám metodikası» kafedrasi deb o‘zgartirildi. 1998-yili bu kafedra tarkibiga «Muzıka hám onı oqıtıw metodikası» kafedrasi birlashtirildi. Bu ikki kafedraning birlashishi asosan 1998-1999 oquv yili uchun tasdiqlangan oquv rejadagi musiqa darslarining kamayishiga bog‘liq bo‘ldi. 2001-yili esa institut Ilmiy kengashining qaroriga muvofiq bu kafedraga «Pedagogika» kafedrasi birlashtirildi. 2001-2008 yilgacha «Boshlang‘ich ta’lim teoriyası ham metodikası» kafedrasining nomi «Pedagogika hám baslawısh tálim metodikası» kafedrasi sifatida faoliyat koʻrsatdi. 2008-2015 yillargacha bu kafedra «Baslawısh tálim metodikası» atamasi bilan, 2015-yildan bugungi kungacha «Baslawısh tálim» kafedrasi sifatida nomlanib kelmoqda.
1990-1992 yillar oralig‘ida kafedrani filologiya fanlari nomzodi, professor Najimov Ayman, 1992-1998 yillar oralig‘ida kafedrani filologiya fanlari nomzodi, professor Qayirbaev Jumırbay, 1998-2017 yillar oralig‘ida kafedraga filologiya fanlari doktori Ayımbetov Maqset Qallievich rahbarlik qilgan bo‘lsa, 2017-2019 yillarda bo‘lsa bu kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shinnazarova Saodat Jubatxanovna rahbarlik etdi. 2019-yildan boshlab bo‘lsa bu kafedraga pedagogika fanlari doktorı, professor Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna rahbarlik etib kelmoqda.
Boshlang‘ich ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, pedagogika fanlari nomzodi Q.Qosnazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi a’lochisi, pedagogika fanlari nomzodi J.Qayırbaev va metodist olim, dotsent Q.Pirniyazovlarning mehnatlarini alohida aytib o‘tish joiz.
Filologiya fanlari doktori M.Q.Ayimbetovning rahbarligi asosida kafedra jamoasi tomonidan tuzilgan senariylar bo‘yicha «Qaraqalpaq film», «Qaraqalpaq folklorı» va «Úlkemiz ǵáziynesi» nomli hujjatli filmlar tayyorlanib, xalqimızga taqdim etildi.
|
![]() |
Professor–o‘qituvchilarning ilmiy mehnatlari haqida:
Kafedraning professor- o‘qituvchilari tomonidan bugungi kungacha 14 ta darslik, 23 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta uslubiy qo‘llanma va 6 ta monografiya nashr etildi.
Kafedraning professor- o‘qituvchilari tomonidan Respublikamizdagi ilmiy jurnallar bilan bir qatorda Impakt-faktor, Scopus, Web of Science jurnallarida ham o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Bunga misol tariqasida 2024-yil yakuni bo‘yicha jami OAK doirasida 29 maqola nashr etilgan bo‘lib, shundan 18 tasi chet elda, xalqaro konferensiyalarda 17 ta tezis nashr etilgan.
Kafedra tomonidan 2019-yil «Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash tamoyillari: muammolar va yechimlar» mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjuman;
2020-yil «Boshlangʻich taʼlimni kompetensiyaviy tashkil etish: nazariya va amaliyot» mavzusidagi Online xalqaro ilmiy-nazariy anjuman;
2021-yil «Ta’lim-tarbiyaning sifatini oshirishda ilmiy-innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-nazariy Online anjuman;
2022-yil «Ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash va ularni tijoratlashtirish masalalari» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-nazariy Online anjuman;
2023-yil ““Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” shiori ostida xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan o‘quv materiallarini uzluksiz ta’lim tizimiga keng joriy etishni optimallashtirish” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanlar tashkillashtirildi.
|
![]() |
Chet eldagi oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda ishlash haqida:
Kafedra jamoasi chet el reytingi yuqori boʻlgan oliy ta’lim muossasalari bilan birgalikda ish olib barmoqda. Moskva pedagogika davlat universiteti (MPDU) bilan birgalikda ish olib borib, ta’lim rus tilida olib boriladigan akademik guruhlarda mutaxassislik fanlaridan ma’ruzalar tashkil etildi va magistrantlarga ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Professor Z.K.Kurbaniyazova va dotsent G.A.Kallibekova tomonidan MPDU dotsenti, p.f.n. Salomatina bilan birgalikda «Русский мир» fondi orqali yaratilgan «Методика преподавания русского языка (грамота)» nomli oquv qoʻllanmasi talabalar uchun katta ahamiyatga ega boʻldi. Professor Z.K.Kurbaniyazova Yevroosiya pedagogika universitetlari assosatsiyasi tomonidan Yaroslavl shahrida tashkil qilingan Forumda qatnashib mutaxassislar bilan tajriba almashdilar. Bugungi kunda kafedra professor-oʻqituvchilari M.Avezov nomidagi Janubiy – Qozagʻiston davlat universiteti va Abay nomidagi Qozagʻiston milliy universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Kafedramiz professor-oʻqituvchilari G.A.Kallibekova, A.K.Kadrekova va T.A.Baynazarovlar Abay nomidagi Qozagʻiston milliy universitetida ma’ruza oʻqigan boʻlsa, bu universitetning ilmiy darajali professor-oʻqituvchilari Nurjanova Sajila Abdusadikovna, Ermekbaev Muxtar Abenovich va Astambaeva Jupat Kanapyanovnalar talabalarimiz orasida ZOOM platformasi orqali ma’ruza oʻqib kelmoqda.
|
![]() |
Kafedradagi «Ustoz va shogird» dasturi haqida:
2015-2016-yillar
Muratkamalova Roza Joldasbaevna – «Ajiniyoz» va «Kamolot» stipendiyalari gʻolibi.
Qaljanova Almagul Barliqbaevna – «Ajiniyoz» stipendiyasi gʻolibi.
2017-2018-yillar
Abdullaeva Adolat Davronovna – «Ajiniyoz» va «Navoiy» stipendiyalari gʻolibi.
2020-2021-yillar
Tajibaeva Aqmaral Raxmetulla qizi– «Ajiniyoz» va «Navoiy» stipendiyalari gʻolibi.
2021-2022-yillar
Berdibaeva Gulziya Jenisbaevna – «Ajiniyoz» va «I.Yusupov» stipendiyalari gʻolibi.
2022-2023-yillar
Meretgeldieva Aygul Bekmuratovna – «Ajiniyoz» va «To‘lepbergen Qayipbergenov» stipendiyalari gʻolibi.
Yusupova Sevara Dawletiyar qizi – «Ajiniyoz» stipendiyasi gʻolibi.
Shabatova Rabigʻa Janasbay- qizi – «Navoiy» stipendiyasi gʻolibi.
Seytbaeva Gulxumar Baxadir qizi – «Navoiy» stipendiyasi gʻolibi boʻlishga erishdi.
2024-2025–yillar
Kudyarova Artiqgul Orinbasar qizi – «Navoiy» nomidagi davlat stipendiyasi gʻolibi.
Imamova Gulhasem Turgʻanbay qizi – «Islom Karimov» nomidagi davlat stipendiyasi gʻolibi.
Yuldashova Guzal Kamiljon qizi – «Ibroyim Yusupov» nomidagi davlat stipendiyasi gʻolibi.
Umirbaeva Ulzada Marat qizi – «To‘lepbergen Qayipbergenov» nomidagi davlat stipendiyasi gʻolibi boʻlishga erishdi.
Fakultetda va kafedrada sogʻlom muhitni shakillantirish, yoshlarni ta’limga yoʻnaltirish, boshlangʻich ta’limning haqiqiy fidoyisi va jonkuyari sifatida boʻlajak kadrlarni tayyorlash ishlari davom etmoqda.









