Umumiy pedagogika va psixologiya

Pedagogika institutida “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi o’zining boy tarixiga ega. Kafedra faoliyat davomida “Pedagogika”, “Psixologiya va pedagogika”, “Umumiy pedagogika”, “Umumiy pedagogika va psixologiya”  nomlar bilan nomlangan.. Pedagogika institutida “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi dastlab 1934 yil tashkillashtirildi. Professor Ya.M. Dosumov, J.A. Orinbaev,  dotsent A.G. Timasheva va boshqalar Qoraqalpoq Davlat pedagogika institutida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasini tashkillashtirishga hissa qo’shgan. 1935 yil kafedrani  dotsent N.D. Shepkina boshqargan.

1956 yildan 1960 yilgacha “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining mudiri bo’lib, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent A.B. Bekbasov ishlagan.

1960-1967 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent R.G. Timasheva  boshqargan.

1967-1973 yillarda kafedraga pedagogika fanlari doktori, professor J.Urumbaev rahbarlik qilgan.

Nukus davlat pedagogika instituti 1990 yil qaytadan tashkillashtirilganidan so’ng pedagogika faniga alohida e’tibor qaratildi. Pedagogika institutida 1990 yilning o’zida fakultetler aro “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi  tashkillashtirildi.

1990-1994 yilgacha kafedraga pedagogika fanlarining nomzodi, dotsent B.Sultamuratov mudirlik qilgan.

         1994-1997 yillarda kafedraga pedagogika fanlari doktori, professor U. Aleuov boshchilik etgan. Shu paytdan boshlab kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilgan.

Kafedraga 1997-1999 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent I. Allaniyazov,  1999-2007 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent U. Seytjanova, 2007-2017 yillar oralig’ida pedagogika fanlari nomzodi P .Berdanovalar rahbarlik qilgan. Hozirgi paytda pedagogika fanlari doktori, dotsent T.Utebaev rahbarlik qilib kelmoqda.

            Kafedrada 1 ta fan doktori 4 ta fan nomzadlari va dotsentlar, 6 katta o’qituvchi va 13 ta assistent o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda.