Kasbim – faxrim
Nukus shahri XTB ga qarashli 38-sonli umumta’lim maktabining 3-“d” sinfida malakaviy pedagogik amaliyot oʻtkazuvchi Ajiniyoz nomidagi NDPI “Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim” fakultetining “Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” ta’lim yoʻnalishi 4-“v” guruh talabasi Saparova Mavluda 2019-yil 16-aprel sanasida Matematika fanidan “Koʻpaytirishni boʻlish orqali tekshirish” mavzusida bir soatlik ochiq dars tashkil qildi.
Dars oʻtuvchi amaliyotchi-talaba darsni yaxshi tashkillashtirdi. Uyga vazifani “Jonli rasm” ta’limiy oʻyini orqali mustahkamlab, oʻquvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlashi, epchilligi va qoʻl harakatlari bilan geometrik shakllarni hosil qilish koʻnikmalarini rivojlantirdi. Yangi mavzu ”Koʻpaytirishni boʻlish orqali tekshirish” ni integratsiyalash ya’ni “Futbol” orqali mustahkamladi. Bu esa oʻquvchilarda ham matematika haqida, ham futbol haqida bilim va koʻnikmalarini oshirdi.
Dars oʻtuvchi talaba oʻz mahoratini koʻrsata oldi. Har bir kuzatuvchi oʻqituvchi va amaliyotchilar oʻqituvchini mahoratiga e’tibor qaratdi. U oʻquvchilar bilan doʻstona munosabatda boʻlib, hamma oʻquvchini darsga birdek jalb qila oldi. Bu esa amaliyotchi-talabani malakali ekanligidan dalolat berdi.
Oʻqituvchilik kasbi juda mashaqqatli kasb hisoblanadi. Shu sababdan oʻqituvchidan koʻp izlanishni, oʻz ustida kop shugʻullanishni talab qiladi. Mahoratli oʻqituvchi bolish uchun faqatgina darslik bilan chegaralanib qolmasdan, balki darslikdan tashqari kitob va maqolalarni oʻqish, dunyo xabarlaridan boxabar bolib turish lozimdir. Nazariy bilimdan tashqari oʻqituvchining oʻzidagi mahorat va ijodiylik oʻqituvchini darsni toʻgʻri rejalay olish va toʻgʻri tashkil qila olishga va dars samarodorligini oshishiga hamda oquvchilar xotirasida yangi tushunchalarning yaxshi saqlanishiga olib keladi. Bular amaliyotchi-talabaning darsida oʻz isbotini koʻrsatdi desak boʻladi.
Bugungi darsda oʻquvchilar yangi matematik tushunchalarni oʻrganishdi va avvalgi bilimlari asosida bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirishdi hamda mustahkamlashdi. Amaliyotchi-talaba butun dars davomida oʻzining pedagogik mahoratini koʻrsata oldi.
Darsda metodistlarimizdan Abdijabbarova Jamila, Baynazarov Timur hamda amaliyotchi-talabalar qatnashishdi. Dars yaxshi deb baholandi. Metodistlar fikr va mulohazalarini bildirdi. Darsda qatnashgan amaliyotchilar kuzatish davomida oʻzlariga yangi metodlardan qanday foydalanish kerakligi haqida, fanlararo integratsiyani qanday amalga oshirilganligi guvohi boʻlishdi va oʻrganishdi.