Ellikqal’a fakulteti
![]() |
Fakultet dekani: |
Asamaddinov Ergaş Allambergenoviç |
| tel.: |
|
|
| e-mail: |
|
|
| veb sayt: |
|
Nukus davlat pedagogika institutining Ellikqal’a pedagogika fakulteti 2019 yil 24 iyul kuni Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining 669-sonli buyruği bo’yiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Böston akademik liceyi bazasida taşkil qilindi. Fakultetning 720 öquvçi quvvatiga ega öquv binosi hamda 2ta binodan iborat bölgan 300 örinli talabalar turar joyi mavjud. Şuningdek öquv binoda sport zal, gimnastika zal, 300 örinli oşxona, 1700 kitob (900 tasi öquv qöllanma, 615 tasi ijtimoiy-siyosiy, 65 tasi darslik va 120 tasi badiiy adabiyotlar) fondiga ega Kutubxona va uning 50 örinli öquv zali hamda kompyuter xonasi, Çet tillarni öqitişga möljallangan sönggi andozadagi kompyuter sinf xonasi, 300 öringa möljallangan majlislar zali, 100 öringa möljallangan ma’ruza zallari mavjud.
Ellikqal’a tumanida pedagogika fakultetining taşkil qilinişi Qoraqalpoğiston Respublikasining janubiy tumanlari hamda qöçni Xorazm viloyatidan kelib ta’lim olayotgan talabalar uçun juda katta imkoniyat böldi. 2019-2020 öquv yili boshlanishi bilan institutning Ellikqal’a pedagogika fakultetida öqiş istagini bildirgan Matematika öqitiş metodikasi, Özbek tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat, Boşlanğiç ta’lim va sport tarbiyaviy işi, Ingliz tili va adabiyoti, Maktabgaça ta’lim mutaxassisliklarining 350 nafardan ortiq talabalari fakultetda öqiş jarayonini boşladilar. Ularga fakultetning Ijtimoiy gumanitar fanlar, Aniq va tabiiy fanlar kafedralarining professor öqituvchilari ta’lim berişmoqda. Talabalarning öquv maşğulotlari boşlanishi bilan birga prezidentimizning 5 ta muhim taşabbuslari doirasida maşğulotlardan taşqari vaqtlarda sport, fan tögaraklari, kompyuter savodxonligi tögaraklari taşkil qilindi. Şuningdek fakultet talabalarining Creativ – Quvnoqlar va zukkolar jamoasi hamda 2019 yil davomida bölib ötgan tuman va fakultet miqyosidagi Davlat tili töğrisidagi, Öqituvçilar va murabbiylar kuni, Davlat ramzlariga bağişlab ötkazilgan bayram tadbirlarida faol iştirok qilib kelayotgan fakultetning badiiy-ijodiy va teatrlaşgan yoş talaba havaskorlari jamoalari öz faoliyatlarini rivojlantirib bormoqdalar. Talabalar örtasida sportning voleybol, futbol, stol tennisi, yengil atletika, kuraş, şaxmat turlari böyiça musobaqalar ötkazilmoqda.
Fakultet tarkibidagi kafedralar:
- Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
- Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi
Ta’lim yönalişlari:
- Matematika o’qitiş metodikasi
- Jismoniy madaniyat
- O’zbek tili va adabiyoti
- Ingliz tili va adabiyoti
- Boşlanğiç ta’lim va sport tarbiyaviy iş
- Maktabgaça ta’lim
