AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Nukus DPIda magistraturaning mutaxassislik fanlaridan imtihonlar oʻtkazish jadvali tasdiqlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abituriyentlarning mutaxassislik fanlaridan imtihonlari 2021-yilning 14-17-avgust kunlari jadvalga muvofiq 2 smenada – birinchi smena soat 09:00 – 11:30 oraligʻida, ikkinchi smena soat 15:00 – 17:30 oraligʻida institut bosh binosida boʻlib oʻtadi (Turkiy tillar fakulteti binosi). Imtihonlarda ishtirok etadigan abituriyentlar belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelishi, kechikmasligi maslahat etiladi.

Abituriyentlarga eslatma:

1) Imtihonlar belgilangan muddatga shaxsingizni tasdiqlovchi fuqarolik pasportingiz va магистр.эду.уз platformasidagi shaxsiy kabinetingizdan arizangizni rasmiylashtirgan «Qayd varaqangiz» bilan koʻrsatilgan vaqtdan kechikmay yetib kelishingiz soʻraladi. Kechikkan abituriyentlar va pasportining asl nusxasini taqdim qilmagan abituriyentlar imtihonga qoʻyilmaydi.

2) Kirish imtihonlari jarayoniga oʻzingiz uchun zarur boʻlgan ruchka, tibbiy niqob (maska), tibbiy qoʻlqop, antiseptik vositalarini olib kelishingiz zarur.

3) Kirish imtihonlarini oʻtkazish vaqtida mobil telefon, kalkulyator, planshet, lugʻat, yon daftarcha va sumkalar bilan kirish hamda ulardan foydalanish qa’tiyan man qilinadi.

4) Kirish imtihonlari jarayonida yonidagi abituriyent bilan gaplashilsa, shpargalkalardan foydalanilsa, abituriyent tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib imtihondan chetlashtiriladi.

Hurmatli abituriyentlar, yuqorida koʻrsatilgan imtihon boshlanish vaqtidan bir soat oldin kelish (guruhlarga boʻlish, yoʻqlama qilish va h.k.) tavsiya qilinadi.

Yuklab olish НМПИ магистратураның қәнигелик пәнлеринен имтиханлар кестеси 2021

Nukus DPI matbuot xizmati.