AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Nukus DPIda «super kontrakt» uchun arizalar qabuli boshlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2021-2022 oʻquv yili uchun tabaqalashtirilgan kontrakt («super kontrakt») asosida oʻqishga qabul qilish uchun abituriyentlardan arizalar qabuli boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Arizalar qabuli institutning Turkiy tillar fakulteti binosida amalga oshirilmoqda.

Manzil: Nukus shahri, P.Seytov koʻchasi raqamsiz uy (avvalgi Gidromelioratsiya kolleji).

Abituriyentlar oʻzlari bilan birga:

1) Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (pasport yoki ID-karta) asl nusxasi;
2) Abituriyent ruxsatnomasi;
3) Test javoblari varaqasidan koʻchirma olib kelishi kerak.

Arizalar haftaning dushanba kunidan shanba kuni oraligʻida, soat 09:00 dan 18:00 gacha (shanba kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha) qabul qilinadi. Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 oraligʻida. Yakshanba kuni arizalar qabul qilinmaydi.

Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash joiz, abituriyentlar «super kontrakt» boʻyicha hozircha ariza topshirishi mumkin, ammo shartnomalarni rasmiylashtirish hali yoʻlga qoʻyilmadi.

Shuni ham qoʻshimcha qilish oʻrinli, OʻzR Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, «super kontrakt» boʻyicha arizalar shu yilning 1-oktabrigacha qabul qilinadi.

Nukus DPI matbuot xizmati.