AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Nukus davlat pedagogika institutida
Bugun, 29-oktabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Elchi Deniyel Rozenblyum institutda AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda 2016-yildan buyon faoliyat olib borayotgan «ACCESS» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Institut bazasida faoliyat yuritayotgan «ACCESS» dasturi 2016-2018-yillarda maktab oʻquvchilari uchun, 2018-2020-yillarda institutning nofilologik ta’lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun «STEM» dasturi, 2020-yildan 2022-yilgacha umumta’lim maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilariga darslar tashkillashtirish orqali amalga oshirilmoqda.
AQSH elchisi institutda «ACCESS» dasturi doirasida oʻqitilayotgan oʻquvchidar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi hamda yil yakunlari boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan ikki nafar oʻquvchini Amerika Qoʻshma Shtatlariga bir oylik yozgi oromgohga yuborish borasida taklif bildirdi.
Uchrashuvda institut rektori B.Otemuratov talabalar hamda xohlovchilar uchun xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha yaratilgan sharoitlar, amlaga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, xalqaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida ma’lumotlar berdi.
Elshi Deniyel Rozenblyum Qoraqalpogʻistonga birinchi tashrifi ekanligi, bu yerda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi yuqori darajada ekanligiga guvoh boʻlayotganligini ta’kidladi.
AQSH elchisining yurtimizga safari davom etmoqda.
Islam Matekov,
Nukus DPI matbuot kotibi.
Muallif olgan rasmlar.