Vazir oʻrinbosari Raximjon Xakimov Nukus DPI talabalar turar joyining ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Raximjon Xakimov Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi.
Safar doirasida vazir oʻrinbosari bugun, 1-dekabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Bugungi kunda ta’mirlash ishlari yakuniga yetayotgan institutning 600 oʻrinlik talabalar turar joyida amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlarini koʻzdan oʻtkazib, yoshlar uchun dam olish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ovqatlanish, shuningdek, boshqa sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar boʻyicha institut rektori B.Otemuratov hamda tegishli mutasaddilar bilan fikr almashdi va tegishli takliflarini bildirdi.
Nukus DPI matbuot xizmati.