Nukus DPIda an’anaviy oʻquv jarayoniga oʻtish haqida axborot

Xabaringiz bor, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan talabalarga qulaylik yaratish, doimiy turar joylaridan ta’lim muassasalariga xavfsiz, tirbandliklarsiz yetib kelishlari, joylarda avia va temir yoʻl chiptalarini almashtirish, talabalar-turar joylari, ijara asosida yashaydigan talabalarning ortiqcha qiyinchiliklarsiz joylashishlarini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich ana’naviy shaklga oʻtkazilishi, bu jarayon har bir oliy ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlari, oʻquv jarayonining hozirgi holati, mavjud shart-sharoitlarini inobatga olgan holda alohida reja-grafik asosida amalga oshirilishi belgilangan edi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida an’anaviy oʻquv jarayoni barcha kurs talabalari (bakalavriatura va magistratura) uchun 2022-yilning 7-fevral sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

Bunda talabalar yakuniy nazorat imtihonlarini fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda an’anaviy yoki onlayn tarzda topshirishi mumkin boʻladi.

Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash joiz, institut talabalari uchun bahorgi semestr 14-fevraldan boshlanadi.

Nukus DPI matbuot xizmati.