“Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash: Koʻkrak bezi saratonining kelib chiqish sabablari” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi

Turkiy tillar fakultetida “Reproduktiv salomatlik va sogʻlom turmush tarzi” rukni asosida “Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash: Koʻkrak bezi saratonining kelib chiqish sabablari” mavzusi boʻyicha uchrashuv-seminar boʻlib oʻtdi.

Institutimizning Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi yetakchisi, “Qizlarjon” ilmiy-adabiy toʻgaragining rahbari F.D.Sapayeva tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirni institut Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi S.B.Bekchanova ochib berdi, talabalarni tadbir mehmonlari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, tadbirda Turkiy tillar fakulteti qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi dotsenti Sapura Bauetdinova, shifokor Gulnara Ernazarovalar ham qatnashdilar.

Mazkur tadbirni tashkil qilishdan maqsadimiz: talaba-yoshlarning hozirgi kunda Respublikamizda xotin-qizlarning turmush tarzi va salomatligi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, ularning ahamiyati, xotin-qizlar uchun berilayotgan imtiyozlar, ta’lim olish borabarida oila qurishga, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, xususan ayollar sixat-salomatligiga jiddiy e’tiborli boʻlish kabi asosiy masalalarga doir savodxonligini oshirishdan iborat.

Ushbu uchrashuv-seminar talabalar tomonidan iliq kutib olindi va ma’ruzachi-shifokorga murojaat qilib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.