AXBOROT XATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
«TABIIY FANLARNING DOLZARB MASALALARI» mavzusida III xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasining
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7-martdagi 101-F sonli farmoyishi asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2022 yil 11 may kunlari «Tabiiy fanlarning dolzarb masalalari» mavzusida III-xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balarning ish olib borishi rejalashtirilgan:
1-sho‘ba. Tabiiy fanlar sohasida erishilgan ilmiy yutuqlar, muammolar va istiqbol rejalari.
2-sho‘ba. Kimyo va kimyoviy texnologiya.
3-sho‘ba. Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi va texnologiyalari.
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz.
Anjumanda ishtirok etish shakllari:
- sirtdan qatnashish
- og‘zaki bayonat
- ZOOM platformasi orqali
Qatnashish shartlari:
Anjumanda ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari rahbarlari va xodimlari, doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar, erkin izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar ishtirok etishi mumkin.
Anjumanga taqdim etilayotgan ilmiy materiallar respublikamizda va jahondagi zamonaviy tabiiy fan yo‘nalishlari va ularni o‘qitishning dolzarb masalalari, muammolarining yechimiga bag‘ishlangan yoki muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Anjumanning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan anjumanga taqdim etilgan materiallarni nashr etish ko‘zda tutilgan. Anjumanning nashr etilgan to‘plami og‘zaki bayonati bilan ishtirok etadigan ishtirokchilarga taqdim etiladi. Anjumanda sirtdan qatnashgan ishtirokchilarga ma’ruzalar to‘plamining *.pdf variantini taqdim etish ta’minlanadi.
Anjumanga taqdim etiladigan materiallarni rasmiylashtirish qoidalari:
Materiallar hajmi 3 betdan kam bo‘lmagan va 5 betdan oshmagan bo‘lishi kerak.
Matn A4 formatdagi oq qog‘ozga, barcha tomonlari 2,5 sm chegaralar qoldirib, joylashtiriladi va albatta elektron shaklda ham taqdim etiladi. Bayonat materiallari raqamlanmaydi va Microsoft Word redaktorida Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda (interval 1,5) *.rtf, *.doc formatda rasmiylashtiriladi. Fayl nomi lotin yozuvida birinchi muallif familiyasi bilan nomlanishi shart (Kosnazarov.rtf). Anjuman materiallari aniq sho‘balar bo‘yicha qabul qilinadi. Shu bois, fayllar aniq sho‘ba bo‘yicha mas’ullarga taqdim etilish talab etiladi (sho‘balarga mas’ullar pastda ko‘rsatilgan).
Matndagi adabiyotlarga havolalar tik qavs ichida muallifning familiyasi, nashr yili va ilmiy maqolaning beti kursatilgan [Allamuratov, 1995: 15] holda rasmiylashtiriladi.
Material oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
Bayon etilgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik jihatlari bo‘yicha muallif (mualliflar) ma’sul hisoblanadi.
Material nomi bosh (katta) harflar bilan, ko‘chirilmasdan, markazga yoziladi. Keyin kichik harflar bilan muallifning (mualliflarning) familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatiladi. Bayonat muallifining ismi-sharifi va familiyasining tagiga chiziladi. Familiyalar ostiga shahar, mamlakat, ish joyi, e-mail ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng 1,25 abzatsga e’tibor bergan holda matn joylashtiriladi. Matnga diagramma, gistogramma, foto rasmlar, jadvallar berilishi mumkin. Diagramma, gistogramma, foto rasmlarning barchasi matnida rasm sifatida ketma-ketlik inobatga olingan holda rasmiylashtiriladi. Rasmlar matni ob’ektning ostiga markazlashgan xolda, jadvallar matni esa ob’ektning yuqori chap tomonidan rasmiylashtirilib beriladi.
Materiallarni tashkiliy qo‘mitaga yuborish muddati va chop etish to‘lovi:
To‘plamda e’lon qilinadigan materiallarning bir varag‘i uchun 15 000 (o‘n besh ming) so‘m to‘lov belgilangan.
Konferensiya materiallarining o‘z vaqtida nashr etilishini ta’minlash maqsadida Sizdan materiallarni 2022 yilning 30 aprel kunigacha jo‘natishingizni so‘raymiz.
Talablarga javob bermaydigan holda rasmiylashtirilgan va belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan materiallar to‘plamga kiritilmaydi.
Manzil: 230105. Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Nukus shahri, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, M.Nurmuxamedov ko‘chasi, 1 uy, “Tabiiy fanlar” fakulteti.
Anjuman materiallarini qabul qilishga mas’ullar:
1-sho‘ba, Amaniyazov Islam Polatovich, telegram (+99893)294-95-56, e-mail: islambekamaniyazov@gmail.com
2–sho‘ba, Bekturganova Zulfiya Kazievna, telegram (+99891)385-19-70, e-mail: bekturganova70@bk.ru
3–sho‘ba, Ubbiniyazova Jamilya Komekbaevna, telegram (+99890)736-84-48, e-mail: D.Ubbinnyazova@mail.ru
Tezis uchun to‘lam hisob raqami:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi
r/s: 2340 2000 3001 0000 1010
Bank: MB BB XKKM Toshkent shahri
MFO: 00014; INN: 201 122 919
l/s: 400 110 860 354 017 094 100 079 001
INN: 200357981
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Kvitansiyada muallifning ismi-sharifi to‘liq ko‘rsatilishi va «anjuman materiali uchun» deb yozilishi lozim.
NAMUNA
|
KONFERENSIYA IShTIROKChISINING ANKETASI
F.I.Sh.: |
|
Seksiya: |
|
Tezis nomi: |
|
Ish joyi va manzili: |
|
Lavozimi: |
|
Ilmiy daraja va unvoni: |
|
Telefon raqami: |
|
e-mail: |
|