“Uzliksiz ta’lim tizimida masofadan o‘qitishning integratsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Sirtqi ta’lim bo‘limi Gumanitar va ijtimoiy fanlarni masofadan o‘qitish kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Uzliksiz ta’lim tizimida masofadan o‘qitishning integratsiyasi” nomli III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi.

Ushbu konferensiya mavzusi bilangina emas, ishtirokchilarning ko‘p sonliligi bilan ham ahamiyatlidir. 

Jumladan, to‘plamda yuzdan ortiq maqolalar jamlangan bo‘lib, ular orasida  Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Turkiya, Ozorbayjon kabi bir qancha davlatlardan qabul qilingan ilmiy-metodik materiallar ham bor. Konferensiyaning plenar majlisi soat 10:00 da bo‘lib o‘tdi.

Majlisda institutimiz professor-o‘qituvchilaridan tashqari mehmon sifatida Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universitetidan fan nomzodi, dotsent Taubaeva Galiya Zakaryanovna qatnashdi.

Shundan so‘ng soat 14:00 da:                                                                            

– Gumanitar va ijtimoiy fanlar;                                                                                    

– Aniq va tabiiy fanlar;                                                                                       

– «Pitch» seksiya: “Maktabgacha va boshlang‘ich sinf pedagoglarining kreativlik kompetentligi”;                                                                                             

– Davra suhbati: “Bola tarbiyasiga ta’sir qiluvchi faktorlar” mavzusidagi seksiyalar faoliyati boshlandi.

Konferensiyaning tashkil qilinishi zamonaviy ta’limni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va ilm fidoiylarini yanada yaqinlashtirishda o‘z hissasini qo‘shdi.