Qozon federal universitetida malaka oshirish kurslari

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti bugungi kunda 50 dan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha xalqaro hamkorlik memorandumlarini tuzdi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim jarayoniga raqamli transformatsiyalar amaliyotga keng joriy etilmoqda. Bu o‘z navbatida masofaviy ta’lim, o‘quv platformalari, raqamli ta’lim, mobil qurilmalar kabi yo‘nalishlarni rivojlantirishga samarali xizmat qilmoqda. 

Mazkur ishlarni takomillashtirish maqsadida Qozon federal universiteti bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida Filologiya va madaniyatlararo aloqalar instituti “Raqamli ta’lim texnologiyalari EduTech” markazidagi “Gumanitar turkumdagi fanlarda raqamli texnologiyalar” malaka oshirish kursiga institutimizning 10 nafar pedagog-xodimlari malaka oshirishga jalb etildi.

Mazkur kursda professor-o‘qituvchilar ta’lim jarayonini raqamlashtirish malakalarini o‘rganib, axborot-kommunikatsiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda.