Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25-26-iyul kunlari oʻtkaziladi

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Kirish test sinovlari 25-26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazish vaqti:

– 25-iyul kuni soat 15:00 da;

– 26-iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib:

1-smena soat 09:00 da;

2-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan oʻquvchilar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi mumkin.

Oʻquvchilardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Qayd etish kerakki, hukumatning 320-son qaroriga muvofiq test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan oʻquvchi sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilmaydi.

Shuningdek, oʻquvchi ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar BU YERDA.

NukusDPI matbuot xizmati.