NukusDPIda talaba-yoshlar o‘rtasida “Intellektual olimpiada” o‘tkazilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Intellektual olimpiada” tashkil etildi.

Bugun, 2-aprel kuni “Zakovat” va “Zakovat Quiz” bo‘yicha bo‘lib o‘tgan intellektual o‘yinlarda barcha fakultetlardan bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari, shuningdek, magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan magistrant yoshlardan tuzilgan 32 ta jamoa ishtirok etdi.

“Intellektual olimpiada”ning ochilishida institut rektori v.v.b. Quvondiq Qodirov ishtirok etib, barcha yoshlarga omad tiladi. Bunday musobaqalarni muntazam o‘tkazish va iqtidorli yoshlar doimo qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Intellektual olimpiada” ishtirokchilari 3-aprel kuni “Breyn-ring” intellektual o‘yinida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

Har bir intellektual o‘yinda g‘olib bo‘lgan jamoalar tegishli ballarni to‘playdi va umumiy ballar yig‘indisiga muvofiq 1-, 2-, 3-o‘rinlar aniqlanadi.

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

NukusDPI matbuot xizmati.