Talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Intellektual olimpiada” g‘oliblari aniqlandi

Avval xabar berganimizdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yuksak ma’naviyatli, erkin fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Intellektual olimpiada” tashkil etildi.

2-aprel kuni “Zakovat” va “Zakovat Quiz”, 3-aprel kuni “Breyn-ring” bo‘yicha bo‘lib o‘tgan intellektual o‘yinlarda barcha fakultetlardan bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari, shuningdek, magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan magistrant yoshlardan tuzilgan 32 ta jamoa ishtirok etdi.

O‘ta qizg‘in tarzda o‘tgan turnir yakunida:

1-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetining “Dembermes”;
2-o‘rin – Tarix fakultetining “Shejire”;
3-o‘rin – Aniq fanlar fakultetining “Alfa” jamoalariga nasib etdi.

“Intellektual olimpiada”ning taqdirlash marosimida institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov ishtirok etib, g‘oliblarni tabrikladi va barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

NukusDPI matbuot xizmati.