“Ochiq eshiklar kuni”: Tabiiy fanlar fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida talaba-yoshlarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quv jarayoni, yaratilgan sharoitlar va talabalarning ta’lim olish imkoniyatlari bilan ota-onalarni yaqindan tanishtirish, shuningdek, ular bilan yoshlar ta’lim-tarbiyasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov ishtirok etib, ota-onalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida fakultet rahbariyati tomonidan o‘quv jarayonini tashkil etish, zamonaviy laboratoriyalar, innovatsion texnologiyalar asosida olib borilayotgan mashg‘ulotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, ularning yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir doirasida fakultet talabalarining erishgan yutuqlari aks etgan ko‘rgazma tashkil etildi. Shuningdek, faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Uchrashuv ota-onalar bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
