Bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va intellektual rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida kimyo, biologiya va fizika bo‘yicha fan olimpiadasining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Fan olimpiadasida tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.

Olimpiada 2 tur – yozma ish va amaliy topshiriqlar bosqichidan iborat bo‘ldi.

Institut bosqichida har bir fan bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan talabalar fan olimpiadasining respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, fan olimpiadasining respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan talabalar maxsus diplom, shuningdek, tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 50, 40, 30 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi hamda oliy ta’lim muassasalarining tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistratura bosqichiga o‘qishga imtiyozli ravishda qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga taklif kiritiladi.