Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Tarix fakulteti dekanati tashabbusi bilan buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Temuriylar Renessansi va Yangi O‘zbekiston” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda institutning barcha fakultetlaridan iqtidorli, ijodkor talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda institutning Tarix fakulteti dekani Maman Saribayev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi va tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tanlovda talabalarning ijodiy ishlari maxsus komissiya tarkibi – Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi professori v.b. Gulistan Karamanova, shuningdek, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston tarixi kafedrasi dotsenti Zulxandiyar Qidirniyazov tomonidan baholandi.

Tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi.

NukusDPI matbuot xizmati.