Tarix fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida talaba-yoshlarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut rektori v.b. Q.Qodirov, rektor maslahatchisi G‘.Ibadullayev, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Shamuratov, fakultet dekani M.Saribayev, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda fakultetda tahsil olayotgan talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, o‘quv jarayonidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, davomat, tartib-qoidalarga amal qilish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida ota-onalar bilan yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalasida fikr almashildi. Mavjud muammolarni birgalikda hal etish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.
NukusDPI matbuot xizmati.
