Kiberjinoyatchilarning aldovlaridan ogoh bo‘ling!

Hozirgi vaqtda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida noma’lum havolalar orqali arzimagan pul evaziga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini o‘z qo‘llari bilan kiritayotgan holatlar tez-tez uchramoqda.
Ehtiyot bo‘ling, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz kiberjinoyatchilar qo‘liga tushsa, turli salbiy holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Sizga hech kim bekorga pul bermaydi. Oson yo‘l bilan keladigan arzimagan pul uchun o‘zingizning kelajagingizni qurbon qilmang.
Agar siz noma’lum havolalar orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritgan bo‘lsangiz quyidagi amallarni bajaring:
➖Telefoningizga “MyGov” mobil ilovasini yuklab oling.
➖Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng “Xizmatlar” menyusi orqali “Iqtisodiyot va biznes” bo‘limiga o‘ting.
➖Shu yerdan “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash” xizmatiga bosib, o‘z nomingizga kredit shartnomasini tuzishga cheklov o‘rnatishingiz kerak.
Kiberjinoyatlar bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa ichki ishlar organlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Kiberjinoyatchilarning tuzog‘iga tushib qolmang!
Ogoh bo‘ling!
Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz – bu sizning xavfsizligingiz!
NukusDPI matbuot xizmati.