NukusDPIda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Bugun, 15-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida institutda beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish borasidagi sa’y-harakatlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tomonidan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Suhbat davomida yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

NukusDPI matbuot xizmati.