Qozog‘istonlik professorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti umumta’lim fanlari va masofaviy ta’lim kafedrasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti professori Aziya Jumabayeva “Ona tilini o‘qitishda raqamli texnologiyani qo‘llashning o‘ziga xosliklari”, Akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda milliy tadqiqot universiteti professori Saltanat Abildina “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik mahorati” mavzularida talabalar bilan muloqot olib bordi.

Shuningdek, K.I.Satbayev nomidagi Qozog‘iston milliy texnika tadqiqot universiteti professori Janar Akisheva ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlik ishlari, universitetning yutuqlari va talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berdi.

Ochiq muloqot o‘zaro fikr almashish va savol-javoblar bilan davom etdi.

Tadbirdan so‘ng mehmonlar institutdagi Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining 200 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan muzeyda bo‘lib, bu yerda qoraqalpoq xalqining tarixi, madaniyati, adabiyoti haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Optimized by JPEGmini 3.18.32.260205554-TBTBLNP 0x1cd07143

??????????????????????????????????????????????????????????

Optimized by JPEGmini 3.18.32.260205554-TBTBLNP 0x5b99dfb8