Diqqat, diqqat! NukusDPIda fakultetlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tadi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli, zukko yoshlarni aniqlash, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida joriy yilning 22-aprel kuni fakultetlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining final bosqichi o‘tkaziladi.

Final bosqichida:

Filologiya fakultetining “Interfak”;
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining “Qarekengning qizlari”;
Aniq fanlar fakultetining “APAN”;
Tarix fakultetining “Va-ha-ha” jamoalari

“Mana bu qanday imkoniyat” va “Yulduzli ko‘rinish” shartlari bo‘yicha o‘zlarining sahna mahoratlarini namoyish etadi.

Final bosqichiga faqat fakultet yoshlar ittifoqi yetakchilari tomonidan beriladigan maxsus chiptalar bilan kirishingiz mumkin. Chiptalar BEPUL!

Bo‘sh vaqtini ko‘tarinki kayfiyatda, mazmunli o‘tkazishni istagan yoshlarni tanlovning final bosqichini tomosha qilishga taklif etamiz!

Manzil: NukusDPI 4-sonli o‘quv binosi.
Vaqti: 2026-yil 22-aprel soat 14:30.

NukusDPI matbuot xizmati.