NukusDPI talabalari xalqaro tanlovda yuqori natijalarga erishdi

Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universitetida talabalar o‘rtasida “Ko‘p madaniyatli dunyoda pedagog” mavzusidagi III Xalqaro komikslar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Umumiy 10 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan tanlovda MDH davlatlaridan ko‘plab oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari ham faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.
Jumladan, “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi komiks” yo‘nalishi bo‘yicha Dilyafruz Kungratbayeva 1-o‘rin, “Ilhomlantiruvchi hikoya” yo‘nalishi bo‘yicha Gulzar Seytkamalova 1-o‘rin, Nilufar Zayrbekova 3-o‘rin, “Eng yaxshi ta’limiy komiks” yo‘nalishi bo‘yicha Shaxzoda Kaliknazarova 1-o‘rin, Balxiya Darebayeva 2-o‘rin, Akmaral Elshibekova 3-o‘rin, “Sinfdagi qahramon” yo‘nalishi bo‘yicha Shaxsanem Nizamatdinova 2-o‘rin, Nursulu Kuanishova va Larisa Pirjanova 3-o‘rin, “Sun’iy intellekt va pedagogika” yo‘nalishi bo‘yicha Gulnoza Raximova 3-o‘rinni egalladi, shuningdek, 20 000 tenge hamda diplom bilan taqdirlandi.
Xalqaro tanlovda yuqori natijalarga erishgan talabalarni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori v.b. T.Tadjiyev, fakultet dekani M.Allambergenova, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Q.Tashanov hamda ilmiy rahbarlari tabriklab, kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
