“Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 22-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli, zukko yoshlarni aniqlash, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Finalda tanlovning birinchi bosqichida g‘olib deb topilgan va finalga yo‘llanma olgan:
– Filologiya fakultetining “Interfak”;
– Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining “Qarekengning qizlari”;
– Aniq fanlar fakultetining “APAN”;
– Tarix fakultetining “Va-ha-ha” jamoalari ishtirok etdi.
Final bosqichida ishtirokchilar umumiy 2 shart: “Mana bu qanday imkoniyat” va “Yulduzli ko‘rinish” shartlari asosida o‘z sahna mahoratlarini namoyish etdi.
Shunday qilib, ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tgan tanlov yakunida Tarix fakultetining “Va-ha-ha” jamoasi 1-o‘rinni egallab, ko‘chma kubok g‘olibi bo‘ldi.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining “Qarekengning qizlari” jamoasi 2-o‘rin, Aniq fanlar fakultetining “APAN” va Filologiya fakultetining “Interfak” jamoalari faxrli 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Tanlovda alohida iqtidorlarini namoyish etgan Aniq fanlar fakultetining “APAN” jamoasi a’zosi Maqsat Bazarbayev “Eng sho‘x yigit”, Filologiya fakultetining “Interfak” jamoasi a’zosi Nilufar Tileumuratova “Eng sho‘x qiz” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati a’zolari, institutning “Turon” jamoasi faxriy a’zolari so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi va kelgusi o‘qishlarida, shunday tanlovlarda yuqori natijalarga erishishlarini tiladi.
“Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining final bosqichi shunday yuqori notada o‘z yakuniga yetdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
