Ellikqal’a fakultetida talabalarning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida talabalar ota-onalari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ota-onalarga farzandlarining ta’lim jarayoni, o‘zlashtirish darajasi, fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalar turar joyi sharoitlari, kontrakt to‘lovlari, kiyinish madaniyati, darslarga qatnashish masalalari, bitiruvchilarning bandligi hamda talabalar uchun ajratilayotgan kamaytirilgan foizli kreditlar haqida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.
