Institutda xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi tomonidan Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali tashkil etildi.

Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy va jahon madaniy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan festival institutning tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, dizayn, milliy hunarmandchilik hamda amaliy san’atning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha yaratilgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bilan boshlandi.

Shuningdek, festival doirasida “Ijod zavqi” loyihasi asosida talaba-yoshlarning respublikamiz san’at sohasining taniqli vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Hunarmandchilik uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i G.Yembergenova, badiiy kengashi raisi M.Allambergenova ishtirokida mahorat darsi, ochiq muloqot va seminarlar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, yangi g‘oyalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.